calendar 19 Jul 19:38
eye 85
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali kelishuvga erishish mumkin – Zelenskiy

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Ukrinform”xabar berdi.

“Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin. Jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin”, dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina rahbari G‘arb davlatlari va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari haligacha Ukrainaga yetib kelmaganini aytdi.

“18 oy o‘tdi va samolyotlar hali bizga etib bormadi”, dedi u.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaga topshirilgan narsalar uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy joriy yilning noyabr oyida AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidan oldin Rossiya ham Ukraina masalasi yuzasidan tinchlik sammitining ikkinchi qismida ishtirok etishi kerakligini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
22
0
xs.uz

Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax

31 Jan 15:22
 
18
0
xs.uz

Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston

Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan

27 Jan 00:54
 
22
0
xs.uz

Qaytib kelganimda, qizim meni taniy olmadi yoxud Isroil qamoqxonasidan qaytgan falastinlik jurnalist ayol hikoyasi

Gʻazodagi oʻt ochishni toʻxtatish bitimining birinchi bosqichida ozod etilgan 90 nafar falastinliklar orasida jurnalist Rula Hassanein ham boʻlgan. U Isroil qamoqxonasidagi holatlarni soʻzlab bergan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar bermoqda.Maʼlum boʻlishicha, jurnalist 2024-yilning mart oyida Isroilning Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi harbiy tajovuzlari haqida yozgan postlari uchun Isroil hukumati tomonidan hibsga olingan.'Meni hibsga olishganda 9 oylik qizim bor edi. Ular meni qizimdan

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

“DeepSeek” ilovasi muvaffaqiyati fonida “Nvidia” 589 mlrd dollar yoʻqotdi

Amerikaning 'Nvidia' kompaniyasi qiymati Xitoyning 'DeepSeek' sunʼiy intellekti muvaffaqiyati fonida 589 milliard dollarga kamaydi. Bu haqda Forbes xabar bergan.Grafik chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning narxi 3,5 trilliondan 2,9 trillion AQSH dollariga tushdi, bu esa 'Nvidia'ni eng qimmat kompaniya maqomidan mahrum qilgan.Kompaniya 'DeepSeek' mahsulotini sunʼiy intellekt sohasidagi ajoyib yutuq deb atagan. Lekin uning ishlashi uchun ham 'Nvidia' chiqaradigan grafik protsessorlar kerak.Xi