calendar 12 Jul 17:30
eye 190
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Abdulla Aripov qozog‘istonlik mavqedoshi bilan uchrashdi

image

Joriy yilning 11-12 iyul kunlari Olmaota shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

“Bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy va tez o‘zgaruvchan vaziyatni inobatga olgan holda, mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani alohida qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, mavjud zaxiralardan samarali foydalangan holda, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazish zarurligi, buning uchun, uchinchi davlatlardan import o‘rnini bosish va to‘laqonli erkin savdo rejimiga o‘tish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish lozimligi bildirildi.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, transport va tranzit, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash, energetika, qishloq xo‘jaligi, fan-ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 21-yig‘ilishi bayoni imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi doirasida Olmaota shahridagi jamoat transportini boshqarish markazi va boshqa ob’ektlar faoliyati bilan ham tanishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

26 Jul 11:09
 
58
0
xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriy

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni

20 Jul 00:30
 
76
0
xs.uz

Toshkentda 64 yoshli ayolni mashina urib yubordi

Toshkent shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-iyul kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish koʻchasida yuz bergan. Haydovchi D.R. (2004-yilda tugʻilgan, erkak) 'Spark' avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda G. Sh.ni (1960-yilda tugʻilgan, ayol) urib yuborgan.'YTH oqibatida piyoda