calendar 12 Jul 13:38
eye 102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻona sanoat koʻrsatkichi boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrindaligi aytildi

image
Soʻnggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar oʻsgani bilan, Fargʻona viloyati bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrinda bormoqda. Bu haqda Quva tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda'aytib oʻtildi.

Viloyatdagi baʼzi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5-yildan beri choʻzilib kelayotgani tanqid qilinib, masʼul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Roʻyxatga olingan tadbirkorlarning muayyan qismi faoliyat yuritmayotgani, ayrimlarida esa aylanma va ish oʻrinlari qayd etilmagani 'yashirin iqtisodiyot'dan dalolat berishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu holatlarni oʻrganib, 'soyadan' chiqishga koʻmaklashish topshirildi.

Soʻnggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar oʻsgani bilan, Fargʻona bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada eng oxirgi oʻrinda.

Viloyat sanoatining yarmi Fargʻona va Qoʻqon shaharlari, Uchkoʻprik tumaniga toʻgʻri keladi.

Oʻtgan yillarda viloyatga kiritilgan har bir ming dollar xorijiy investitsiya soliq tushumlarini oʻrtacha 207 dollarga koʻpaytirgan. Lekin bu koʻrsatkich boʻyicha Toshloq, Dangʻara, Yozyovon, Rishton va Uchkoʻprik ancha orqada.

Mutasaddilarga meva-sabzavot eksporti va paxtani qayta ishlashda ham kamchiliklar borligi, bu boradagi rejalar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Tannarx balandligi uchun Fargʻonadagi sement zavodlarining mahsulotlari import bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi. Oqibatda 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti.

Bu viloyat hokimi oʻrinbosarlari korxonalardagi tannarx va energiya sarfini kamaytirish boʻyicha ishlamayotganidan dalolat.

Shu yilni oʻzida viloyatda 9 ming xonadonli 220 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilayapti. Viloyatdagi 36 ta temir-beton korxonasi quvvati bu qurilishlarning 50 foiz ehtiyojini qoplashga yetadi, xolos.

Yaʼni, quruvchilar mahsulotini boshqa viloyatdan olib kelayapti. Shu munosabat bilan yil yakunigacha temir-beton korxonalarini koʻpaytirish shartligi taʼkidlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
37
0
xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.Maʼlum boʻl

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq

24 Aug 17:26
 
25
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi oʻtov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Turizm qoʻmitasi xabariga koʻra, 'Oq qush' majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (oʻtov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur oʻtovning diametri 40,5 metrdan iborat.22-avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rah

08 Sep 16:44
 
28
0
xs.uz

Kaxa Imnadze: Markaziy Osiyo – mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstona va oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatishda dunyoning boshqa mintaqalari uchun namuna boʻlmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Yangi Oʻzbekiston va Yangi Markaziy Osiyoning uygʻonish davri haqidaBugun Markaziy Osiyo mintaqasi sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlikning keng hududiga aylanib bormoqda. Mintaqa davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari taraqqiyot va farovonlik yoʻlidagi tashabbuslarni birlashtiri