calendar 11 Jul 17:42
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Jahon miqyosidagi muhim qishloq xoʻjaligi merosi tizimi xalqaro tarmogʻiga qoʻshilishni rejalashtirmoqda

image
BMTning Oziq ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning 'Jahon miqyosidagi muhim qishloq xoʻjaligi merosi tizimi' (GIAHS) tashabbusi doirasida Oʻzbekistonda GIAHS maqomini olish uchun tanlangan hudud sifatida qaralishi mumkin boʻlgan hududlarning milliy roʻyxati shakllantirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bunday tizimlar koʻpincha hududiy rivojlanishning asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligi bioxilma-xilligi, barqaror ekotizimlar va qimmatli madaniy merosni oʻzida mujassam etgan ajoyib landshaftlarni oʻz ichiga oladi.

Fargʻona vodiysidagi qishloq xoʻjaligi landshaftlari va pillachilik bilan shugʻullanuvchi mahalliy aholi, Buxoro viloyatidagi qorakoʻlchilik, Toshkent viloyatining Parkent tumani va Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi uzumchilik va hokazolar ana shunday obyektlardan hisoblanadi.

Ayni paytda FAO Qishloq xoʻjaligi vazirligi va 'Zamin' Xalqaro jamoatchilik fondi koʻmagida GIAHS obyektlari uchun qoʻyilgan zarur mezonlarga javob beradigan Margʻilon hududidagi ipakchilik tizimi va unga bogʻliq faoliyatni oʻrganish boʻyicha loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Shu maqsadda milliy ekspertning Fargʻona viloyatiga tashrifi tashkil etilib, viloyat hokimligining tashkiliy koʻmagida mazkur qishloq xoʻjaligi tizimini yanada chuqurroq oʻrganish va keyinchalik xalqaro roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tuzildi.

Dastlabki materiallar tayyorlangach, xalqaro ekspertlar va FAO bosh idorasi xodimlarining Margʻilon shahriga tashrifi rejalashtirilgan boʻlib, u yerda iyul oyi oʻrtalarida amalga oshirish rejasini tayyorlash va loyihaning mahalliy ishtirokchilari xabardorligini oshirish maqsadida seminar oʻtkaziladi.

Birinchi GIAHS maqomini olish Oʻzbekistonga ham xalqaro hamjamiyat, ham mahalliy manfaatdor tashkilotlar va hamjamiyatlarning eʼtiborini tabiiy va texnogen landshaftni, madaniy merosni saqlashga va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkonini berishi kutilmoqda.

GIAHS obyektlarini roʻyxatga olishning jahon tajribasi bioxilma-xillikni saqlash va qishloq joylarning barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshadigan global ahamiyatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi bilimlarini, mahalliy amaliyot va anʼanalarni aniqlash, saqlash va rivojlantirishga koʻmaklashish imkonini beradi. Anʼanaviy Jahon merosi obyektlari va qoʻriqlanadigan landshaftlardan farqli oʻlaroq, GIAHS gʻoyasi dinamik muhofazaga asoslangan ' qishloq xoʻjaligi hududini odamlar va tabiat oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning jonli va rivojlanayotgan tizimi sifatida koʻrib chiqadigan konsepsiyadir.

GIAHS Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning 2015-yilda boshlangan dasturi boʻlib, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi uchun biologik xilma-xillik va genetik resurslarni saqlashga hissa qoʻshadigan anʼanaviy qishloq xoʻjaligi tizimlarini tan olish, qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish hamda ularni hurmat qilishga qaratilgan. Shu bilan birga, tizim qishloq aholisining turmush tarzini yaxshilash va bilimini oshirish, ularning madaniyati va qadriyatlarini saqlab qolishga ham katta eʼtibor qaratadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
60
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari

15 Apr 07:05
 
60
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

21 Apr 08:33
 
46
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav