calendar 11 Jul 15:13
eye 127
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

image
Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.

Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkidladilar. Xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro anʼanalarimizni chuqurroq tushunishda badiiy adabiyot namunalarining tarjimasi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Van Syanmen, Xitoyning 'Duzhe' noshirlik uyi prezidenti va bosh muharriri:

' Xitoy tilida nashr etilgan 'Nur borki, soya bor' asariga bagʻishlangan taqdimotda ishtirok etganimdan juda xursandman. Asar muallifi Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekistonning mashhur yozuvchilaridan biri ekanini yaxshi bilaman. Kitoblar xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarning muhim vositasidir. 'Nur borki, soya bor' asari ham mamlakatlarimiz oʻrtasidagi madaniy almashinuvlarning yanada jadallashishiga xizmat qiladi. Ushbu kitob yordamida biz oʻzbek xalqining anʼana va qadriyatlari bilan tanishish imkoniga ega boʻlamiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
359
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

13 May 14:39
 
382
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa

01 Jun 03:48
 
18
0
xs.uz

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un

31 May 08:51
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri