calendar 11 Jul 15:13
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Amir Temur askarlari qancha maosh olgan?

image
Amir Temur askarlari qancha maosh olgan?



Aksariyat jadid bobolarimiz Amir Temur va uning davrini allaqanday oʻzgacha sogʻinch bilan yodga oladilar. Bu bejiz emas. Negaki, sohibqiron davrida Turkiston ilm-fanda ham, sanʼatda ham, iqtisodiy salohiyatda ham va nihoyat, askariy tartibda ham dunyoning eng qudratli saltanati sifatida oʻzini toʻla namoyon etib ulgurgan edi. Haqiqiy saltanat edi uhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Xoʻsh, ana shu ulkan saltanat tayanchi boʻlgan lashkarlar qancha maosh olgan ekan-a?

Bu haqda chorizmning Markaziy Osiyoga yurishlarida bevosita ishtirok etgan harbiy tarixchi Nikita Ivanin 'Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur harbiy sanʼati, strategiya va taktikasi' asarida qiziqarli maʼlumotlarni keltiradi. Shu oʻrinda aytish kerakki, u mazkur asarni kitob qilish maqsadida emas, balki imperatorga hisobot tarzida yozganligi bois undan ishonchsiz va shubhali maʼlumotlar oʻrin olmagan. Zero, tarixchi imperatorga yolgʻon maʼlumotlarni tavsiya eta olmasdi ham.

Amir Temur jahon harbiy sanʼatida ilk bor qoʻshinni janggohda yetti qoʻlga ajratib safga tortish tartibini ishlab chiqdi. Shuningdek, Amir Temur qoʻshini otliq va jangchilardan iborat boʻlgan. Bunda otliq jangchilar yengil va ogʻir qurollangan sipohiy qoʻshinga ajratilgan va u lashkarning zarbdor qismi hisoblangan.

Aleksand Yakubovskiy, rus tarixchisi.

Nikita Ivanin sal ilgariroq nomi keltirib oʻtilgan asarida shunday yozadi: 'Amir Temur jangchi maoshini shu jangchiga tegishli ot narxiga teng qilib belgilagan. Aʼlo jangchilar maoshi 2 tadan 4 tagacha ot narxiga teng kelsa, oʻnboshilar 10 ta jangchi oladigan maoshni, yuzboshilar 2 ta oʻnboshi oladigan maoshni, mingboshilar 3 ta yuzboshining maoshiga toʻgʻri keladigan maosh olar edi. Jinoyat qilgan yoki urush paytida xatolikka yoʻl qoʻygan har bir jangchi oʻz maoshining oʻndan bir qismidan mahrum etilgan'.

Bu hali hammasimas. Harbiylar lavozimi yuqorilab borgani sayin ular maoshlari ham koʻtarilavergan. Masalan, amirlar moshi ularning darajasiga qarab ming va 10 minggacha ot narxi, Amir Temur avlodlariniki esa 12 ming ot narxi bilan belgilanib, ularga viloyat ham hadya etilardi. Amir Temur farzand va nabiralari taʼminoti ularning qarindoshlik darajasi va yoshiga qarab ham koʻtarilib borgan.

'Temur tuzuklari'da keltirilishicha, piyoda askarlar va xizmatchilar, yaʼni qurolbardorlar, xos xizmatchilar va chodirchilar esa 100 tangadan ming tangagacha maosh olgan.

Qoʻshimcha sifatida aytmoqchimizki, qoʻshinlar maoshi maxsus boshliqlar tomonidan boshqariladigan, harbiy viloyatlarga boʻlingan yerlar hamda baʼzi shahar va viloyatlar daromadlari hisobidan berilgan.

Temur lashkari orasida ayollar ham boʻlib, ular dushman bilan boʻlgan toʻqnashuvlarda matonat koʻrsatadi. Nayza sanchish, qilich oʻynatish, kamondan moʻljalga olishda mohir erkaklardan koʻra ham ortiqroq ish qilardilar. Agar ulardan biri homilador boʻlib yoʻlda dard tutsa, darrov chetga chiqardi. U tezda yigʻishtirinib olgach, tagʻin uloviga minib jangga kirardi.

Ibn Arabshohning 'Temur tarixida taqdir ajoyibotlari' asaridan.

Koʻrinib turibdiki, Amir Temurning lashkaridagi harbiy xizmatchilar katta maosh olgan. Agar ushbu maoshlar qatoriga jangovar xizmat koʻrsatgan jangchilar alohida mukofotlangani, gʻalabalarda qoʻlga kiritilgan oʻljadan har bir askar tegishicha ulush olganini qoʻshib hisoblaydigan boʻlsak, ular nihoyatda katta daromadga ega boʻlganligini tasavvur etish qiyin emas.

Tabiiyki, moddiy jihatdan yuz foiz taʼminlangan askarlar har qanday vaziyatda faqat oldinga intiladi, oʻtib boʻlmasdek koʻringan choʻllar, togʻlar va daryolardan matonat bilan kechib oʻtadi. Ular qarshisida baland qoʻrgʻon va qalʼalar ham toʻsiq boʻlolmas.

Abdurauf Fitrat 'Temur sagʻanasi' asarida bejiz Sohibqiron Amir Temurga xayol murojaat qilib, yozgʻirmaydi. Uning yozgʻirishlarida jon bor. Axir, butun olamga sulton boʻlgan millat oxirgi bir necha asrlar mobaynida barcha sohada tuban ketgani, shuning oqibatida istiqlolni qoʻldan boy berib qoʻygani kimni hasratlarga burkamaydi, deysiz.

Tarixning achchiq haqiqati barchamizga saboq boʻlmogʻi darkor!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
50
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
72
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo

31 Jan 15:22
 
42
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

31 Jan 15:22
 
66
0
xs.uz

Bir suvratda ming farishta

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan kartinaMen rasmga koʻp tushunmayman. Ammo, har bir kartinani bir sheʼr deb bilaman. Kartina sheʼrdek soʻzlaydi, ranglar soʻzlaydi, tasvirlar, tashbehlar, mubolagʻalar, qalb izhorlari... bularning bari kartinalarda sodir boʻladi.Chin ijod vaqtdan tashqari hayot. Vaqt bilan hisoblashmaydi. Yer sayyorasida eng qisqa vaqtning koʻchishi yorugʻlik tezligi hisoblansa, ijod oʻsha vaqtni ushlab qolgan oniy lahzalardir. Vaqt taʼsir qilmaydigan sayyoralar ko