calendar 11 Jul 15:12
eye 102
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rustam Qosimjonov katta shaxmatga qaytmoqda. U yana nufuzli turnirda ishtirok etadi

image
Toshkentda 'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024' musobaqasi boʻlib oʻtadi.

'UzChess' xabariga koʻra, ushbu turnir 8-9-iyul kunlari poytaxtimizda boʻlib oʻtadi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirning vaqt nazorati 'Rapid 15+10' shaklida boʻlib oʻtadi.

Musobaqa ishtirokchilari ham ushbu kubokning obroʻsini koʻtarib beradi.

'Rustam Qosimjonov kubogi ' 2024'da Oʻzbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Rustam Qosimjonov qatnashadi. Bundan tashqari, musobaqada Eronning birinchi raqamli shaxmatchisi Parham Maghsoodloo, ozarboyjonlik Shahriyar Mamedyarov, blis shaxmat boʻyicha uch karra jahon chempioni, rossiyalik Aleksandr Grishchuk, ruminiyalik Richard Rapport kabi kuchli grossmeysterlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashishi kutilmoqda.

Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov Buxarestdagi musobaqada 200 millionga yaqin pul ishlab olgani haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
164
0
xs.uz

Men bu kunni goʻyoki yuz yillik urushlar tugashini kutgandek kutdim...

Garchi bu voqea frontdagi jang emas, balki yashil maydondagi kurash boʻlsa-da, yuragimda kechayotgan tuygʻular goʻyoki yillab toʻplangan orzular, ezilgan umidlar va nihoyat, bosh koʻtargan ishonch bilan yoʻgʻrilgan bir tarixiy lahza kabidir. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi agar bugun bor-yoʻgʻi bitta ochko olsa, ilk bor jahon chempionatining shonli sahnasiga qadam qoʻyadi.Ha, jahon chempionatiga chiqish Fransiya, Angliya yoki Braziliya uchun 'oddiy yangilik' boʻlishi mumkin. Ammo bi

15 Jun 10:46
 
255
0
xs.uz

Oʻzbekiston termasi 12 turda 12 ta gʻalaba qayd etib, pley-offga yoʻl oldi

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blis yoʻnalishlari boʻyicha jamoaviy Jahon chempionati davom etmoqda. Dunyodagi 55 jamoa ishtirok etayotgan musobaqada kecha blis bahslari boshlandi. Kuchli tarkib bilan bellashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi saralash bosqichida 12 ta uchrashuvning barchasida gʻalaba qozonib, 24 ochko bilan 'C' guruhi gʻolibiga aylandi.Bu bosqichda faqatgina 'WR Chess Team' jamoasi ham 100 foizlik natijani qayd etishga muvaffaq boʻldi. Har bir guruhdan eng yax

31 May 08:50
 
114
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo

31 May 08:50
 
112
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b