Messi gol urgan oʻyinda Argentina yana finalga chiqdi. U “Oltin toʻp” olishi mumkinmi

Argentinaliklarning gollariga Xulian Alvares va sakkiz karra 'Oltin top' egasi Lionel Messi mualliflik qildi. Shu bilan birga, Argentina jamoasi sardori uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Qayd etish kerakki, Argentina ketma-ket ikkinchi bor 'Copa America' finaliga chiqdi. 2021-yilda argentinaliklar Braziliya terma jamoasini magʻlub etib, kubokni qoʻlga kiritgan edi. Ikkinchi finalchi ertaga (11-iyul) Urugvay ' Kolumbiya uchrashuvida aniqlanadi.
'Reddit' ijtimoiy tarmogʻida 'agar Messi 'Copa America' turnirida gʻalaba qozonsa, 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritadimi?' soʻrovnomasi mashhurlikka erishdi.
Ayrim muxlislar 2021-yilgi 'Oltin toʻp' Messining aynan shu turnirni yutgani sababli berilgan degan iddaolarni ilgari surishgan.
Avvalroq 'Oltin toʻp'ga daʼvogarlar reytingi yangilanib, Bellingem Vinisiusni ortda qoldirib, yetakchi boʻlib olgani haqida xabar berilgandi.
Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi
Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).
Samarqand davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi
Samarqand davlat universitetida anʼanaviy 'Rektor kubogi' sport musobaqalari boshlandi. Mazkur bellashuvlar futbol, voleybol, kurash kabi ommabop sport turlarini oʻz ichiga olgan.Bugun 'Rektor kubogi' sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimining yoshla
Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi
Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.
Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning 'Roma' klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida 'Yahoo Sports' nashri maʼlum qildi.Taʼkidlanishicha, Eldor Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. 'Roma' klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.Taʼkidlash joi