calendar 11 Jul 15:12
eye 96
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning rasmiy oltin-valyuta zaxira aktivlari qariyb 294 million dollarga kamaydi

image
Markaziy bank Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-iyul holatiga koʻra 294 million dollarga kamayib, 36,34 milliard AQSH dollarni tashkil etayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan (27,31 milliard dollargacha) oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya unsiyadan 11,7 million troya unsiyagacha (31,1034768 grammga teng massa birligi) koʻpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 milliard dollargacha qisqargan. Hisobot davrida Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 293,7 million dollarga kamaygan. 2024-yil boshidan beri valyuta rezervlari qariyb 900 million dollarga kamaygan. Maʼlumot uchun aytish mumkinki, oltin zaxiralari eng ishonchli valyuta hisoblanadi va uning yordamida favqulodda vaziyatlarda toʻlash mumkin boʻladi. Shu sababli ham oltin zaxiralarining koʻpligi mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirib, yangi tadbirkorlarni jalb qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:50
 
45
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
70
0
xs.uz

Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava

31 May 08:51
 
123
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do