“Vagner” safida Ukrainaga qarshi jang qilgan oʻzbekistonlikka hukm oʻqildi

Oʻzbekiston fuqarosi jinoyat ishlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Kalujskaya viloyati Obninsk shahar sudining 2021-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan RF Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha aybli deb topilib, 7-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Sudlanuvchi Sh.Y. jazoni oʻtash davrida Rossiya harbiylarining taklifi bilan 'Vagner' xususiy shirkatida 2022-yil 22-oktyabrdan 2023-yil 22-aprelga qadar, 6 oy xizmat qilgan. Aniqlanishicha, u ushbu xizmati evaziga muqaddam sud hukmiga koʻra, tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismidan ozod qilingan va 950 000 Rossiya rubli miqdorida pul mukofoti hamda 'Za otvagu' nomli koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Joriy yilning 30-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan va Sh.Y. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasining (Yollanish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2-yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan
“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”
Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da
Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot