calendar 11 Jul 09:49
eye 119
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Avto 60 oy” rahbari va “Humo vaynes”ga sud hukmi o‘qildi (video)

image

Kecha, 9 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari Bahodirov Jamshid Baxtiyorovich, “Humo vaynes” nomi bilan tanilgan bloger Humoyun Maxamadjonov  va “Media+24” MCHJ rahbari A.Alimjonovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Jamshid Bahodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan tayinlanib o‘talmay qolgan jazosi, Jinoyat kodeksining 60,61-moddalariga asosan qisman qo‘shish yo‘li bilan Jamshid Bahodirov 9 yil 8 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi belgilandi. 

Alimjonov esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Humoyun Maxamadjonov  Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlarni undirish belgilangan.

Hukmdan norozi tomon, hukm e’lon qilingan kundan, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlar esa hukm nusxasini olgan kundan boshlab, o‘n sutka ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgach kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror esa protest bildirishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mart oyida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari va mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ushbu MCHJ rahbari Jamshid Bahodirovga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 20:14
 
93
0
xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

17 May 21:46
 
78
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

13 Jun 00:38
 
83
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev YXHTning amaldagi raisini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonenni qabul qildi.Suhbat avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Oʻzbekiston bilan EXHT oʻrtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda Oʻzbekiston-Finlyandiya hamkorligini yanada kengaytirish m