calendar 10 Jul 14:57
eye 101
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Prezidentning dabdabali “Marry me” qilgan bo‘lajak kuyovi hibsga olindi

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Lazzat Nurkojoyevaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i giyohvand moddalarni sotishda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “24.kg” xabar berdi. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Aftandil Sabirbekovni narkotik moddalarni sotishda gumon qilib, hibsga olgan. Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Aftandil Sabirbekov allaqachon tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Aftandil Sabirbekov yaqinda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan vertolyot ijaraga olib, turmush qurishni taklif qilgan edi. Tadbirdan olingan video keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgach, davlat rahbari bo‘lajak kuyovining isrofgarchiliklari uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
13
0
xs.uz

“Vaqti keldi” — Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda AQSH senatori va cheklovlarni kuchaytirish tashabbusi muallifi Lindsi Grem xabar berdi.Gremning hozirda 84 qonun chiqaruvchi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qonun loyihasi Ukrainani qoʻllab-quvvatlamaydigan va Rossiyadan tabiiy resurslarni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik tarif joriy etishni nazarda tutadi. 'The Washington Post' gazeta

01 Jul 04:28
 
14
0
xs.uz

AQSHda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

AQSHning Ogayo shtatidagi Xaulend yaqinida 'Cessna 441' rusumli yengil samolyoti qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki ekipaj aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda 'Fox 8' telekanli mahalliy hokimiyatga tayanib xabar tarqatdi.'Yakshanba kuni erta tongda Xaulend shahridagi uy orqasiga qulagan samolyot halokatidan omon qolganlar yoʻq', ' deyiladi xabarda.Qayd etilishicha, samolyot Montana shtatidagi Bozmen shahriga yoʻl olgan, biroq havoga koʻtarilganidan 7 daqiqa oʻtib halokatga uchragan.Tel

17 May 21:47
 
480
0
xs.uz

NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi

NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf

08 Jun 02:27
 
34
0
xs.uz

Gʻazoda 300 mingdan ortiq falastinliklar surunkali kasallikdan aziyat chekmoqda

Gʻazodagi 300 mingdan ortiq falastinliklar turli surunkali kasalliklardan aziyat chekmoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gʻazodagi ekspertlari va tibbiyot xodimlari hamda xayriya tashkilotlari uzoq vaqtdan buyon Isroil kuchlarini Gʻazodagi tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalarini qasddan nishonga olganlikda ayblab keladi.Ekspertlarning fikricha, Isroil kuchlarining bunday harakatlari Falastin aholisi uchun yashash sharoitlarini yaroqsiz qilishga