“Vaqti keldi” — Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Gremning hozirda 84 qonun chiqaruvchi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qonun loyihasi Ukrainani qoʻllab-quvvatlamaydigan va Rossiyadan tabiiy resurslarni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik tarif joriy etishni nazarda tutadi. 'The Washington Post' gazetasining fikricha, agar u qabul qilinsa, AQSH shu tariqa dunyoning qolgan qismi bilan savdo urushini boshlaydi.
Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi haqida gapirar ekan, bu qonun loyihasiga ruxsat berish kerakligini aytgan. Bu haqda AQSH senatori va tegishli tashabbus muallifi Lindsi Grem ABC telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
'Kecha, birinchi marta, biz golf oʻynaganimizda, prezident menga qonun loyihasini oldinga siljitish vaqti kelganini aytdi', ' degan siyosatchi.
Gremning soʻzlariga koʻra, tashabbusning mohiyati quyidagicha: agar biror davlat Rossiyadan mahsulot sotib olib, Ukrainaga yordam bermasa, u holda uning AQSHga yetkazib berilayotgan tovarlariga 500 foizlik boj joriy etiladi. Ushbu cheklovlardan taʼsir koʻrishi mumkin boʻlganlar orasida senator Hindiston va Xitoyni ham aytib oʻtdi. Chunki bu davlatlar Moskvadan uglevodorodlarni sotib oladi.
Siyosatchining aytishicha, hozirgi bosqichda qonun loyihasini 84 qonun chiqaruvchi qoʻllab-quvvatlamoqda. Uni koʻrib chiqish iyul oyida boshlanadi. Agar tashabbus maʼqullansa, Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyat kontekstida 'vosita' oladi.
Sanksiyalar AQSHga koʻproq zarar keltiradi
'The Washington Post' gazetasi Grem qonun loyihasini Ukraina mojarosida vosita emas, balki AQSH va butun dunyo oʻrtasida savdo urushini boshlash kaliti deb atadi.
'Grem qonun loyihasi ... Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan neft, uran, tabiiy gaz, neft mahsulotlari yoki neft-kimyo mahsulotlarini bila turib sotadigan, yetkazib beradigan, oʻtkazadigan yoki sotib oladigan har qanday mamlakatga 500 foizlik boj qoʻyadi. 500 foizlik boj AQSHning ushbu mamlakatlarning har qaysi bilan savdosini toʻxtatadi ', ' deyiladi gazeta maqolasida.
Taʼkidlanishicha, Rossiyaning xom neftini Xitoy, Turkiya va Yevropa Ittifoqi, koʻmirni Janubiy Koreya va Tayvan, suyultirilgan gazni esa Janubiy Koreya va Yaponiya sotib oladi. Braziliya, shuningdek, Rossiya neft mahsulotlarining uchinchi yirik xaridoridir.
'Grem qonun loyihasining qabul qilinishi AQSHning deyarli har bir yirik savdo hamkoriga 500 foizlik bojlar joriy etish bilan barobar boʻladi. Amerikaliklar bu yil butun dunyo bilan qisqa muddatli bir savdo urushidan omon qolishdi ' boshqasiga aralashishga alohida istak yoʻq', ' deya qoʻshimcha qiladi maqola muallifi Jim Geragti.
Jurnalist, shuningdek, AQSHning oʻzi Rossiyadan foydali qazilmalar, jumladan, uran sotib olishini taʼkidlab, 'AQSH hukumati bu holatda oʻziga 500 foizlik boj joriy qiladimi?', degan savolni oʻrtaga tashlaydi.
Rossiya bunga qanday munosabatda?
Rossiya rasmiylari Gʻarb tomonidan kiritilgan sanksiyalarni bir necha bor qoralab, tanqid qilgan. Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov iyun oyida Gʻarb davlatlari iqtisodiy oʻsishning yangi markazlari bilan solishtirganda raqobatdoshligini yoʻqotganini aytgandi.
'Gʻarb diktatura usullariga, uning talablariga boʻysunmaganlarni jazolash usullariga oʻtganida, toʻgʻridan-toʻgʻri, oʻzgalarning mol-mulkini oʻgʻirlash, bir tomonlama sanksiya usullariga murojaat qila boshlaganida, albatta, bularning barchasi jahon iqtisodiyotining toʻlaqonli ishlashiga yordam bermaydi', ' degandi oʻshanda Lavrov.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvani bosim va kuch bilan muzokaraga undab boʻlmasligini taʼkidladi. Uning fikricha, buni faqat mantiq va dalillar bilan amalga oshirish mumkin. U, shuningdek, cheklovlar qoʻyayotgan davlatlar koʻpincha ulardan oʻzi aziyat chekayotganini taʼkidladi.
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl
Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi
Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi
Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ
Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi
Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon