calendar 10 Jul 11:35
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishdagi Spark “uchib borib” Honda’ga urildi 

image

Kecha, 9 iyul kuni Toshkentda 3 ta avtomashina ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida 3 ta avtomashina 2 ta Spark va 1 ta Honda rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Spark rusumli mashinasi to‘g‘ri  yo‘lda “tinchgina” kelayotgan Honda’ga uchib borib urilganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Honda’ni ortidan kelayotgan yana bir Spark to‘qnashuv oqibatida mashinalarga kelib urilgan.

“Hozirda YTH oqibatida 3 nafar fuqarolarga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Quva tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 22:03
 
19
0
xs.uz

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili

10 Oct 11:25
 
18
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta