calendar 09 Jul 17:38
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Agrobank”ga nisbatan chora qo‘llanildi

image

“Agrobank” ATBning Toshkent viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Chinoz tumani fermer xo‘jaliklarining yo‘llagan murojaati qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari “Agrobank” ATB Chinoz filiali bilan kredit shartnomasi va ta’minotchi tashkilotlarni ixtiyoriy tanlash bo‘yicha shartnoma imzolagani, biroq “Agrobank” ATB bosh ofisining Agrosanoat majmuini kreditlash bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaliklardan ushbu kreditlarni ajratilishida mablag‘lardan erkin foydalanishiga hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlashida bir qator sun’iy hamda byurokratik to‘siqlar, xususan, fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan ushbu kredit mablag‘lari hisobidan mineral o‘g‘it, yoqilg‘i moylash mahsulotlari, texnika xizmati va texnikalarga ehtiyot qismlar sotib olishda Chinoz tumani hokimligidan ushbu yetkazib beruvchi korxonalarni ta’minotchilar ro‘yxatiga qo‘shish uchun asossiz ravishda xat talab qilish holati aniqlangan.  

Bundan tashqari, o‘rganish davri ma’lumotlariga ko‘ra, “Agrobank” ATB Chinoz filiali ma’lumotlariga asosan fermer xo‘jaliklariga G‘alla-2024 yil hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘ining ishlatilgan qismi 4.6 mlrd so‘mni tashkil etishi aniqlangan.

“Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “Agrobank” ATB Toshkent viloyat boshqarmasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni buzilishi alomatlari bo‘yicha tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib,  belgilangan tartibda chora qo‘llanildi. Shuningdek, bu kabi holatlar yuzasidan Respublika bo‘yicha ham hududlar kesimida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarning alomatlari aniqlangan va buning ortidan ish qo‘zg‘atilgandi. Mineral o‘g‘itlar bozorida narxlarni asossiz oshirish holati bo‘yicha “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
2
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga

12 Apr 21:14
 
42
0
xs.uz

Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi

Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik

15 Apr 07:05
 
46
0
xs.uz

O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi

Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis

17 May 21:46
 
20
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan