calendar 09 Jul 10:10
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda davlat xizmatchilari uchun qimor o‘yinlari taqiqlandi

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qimor o‘yinlariga qaramlikka qarshi qonunni imzoladi. Unda davlat xizmatchilari, harbiy xizmatchilar va qarzdorlarning qimor o‘yinlarida ishtirok etishini va yoshlarni himoya qilish uchun Qozog‘istonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlash nazarda tutilgan. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

“Mas’uliyatli davlat lavozimini egallagan, davlat vazifalarini bajarishga vakolatli shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarning qimor o‘yinlarida ishtirok etishi cheklanadi”, deyiladi Oq o‘rda matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, davlat xizmatchilari, harbiy xizmatchilar, maxsus va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, byudjet tashkilotlari rahbarlari qimor va pul tikishda ishtirok eta olmaydi. Qonunga rioya qilmaganliklari uchun ishdan bo‘shatiladi.

Turizm va sport vazirligi bukmekerlik kontorlari va lotereyalarni reklama qilishga cheklovlar o‘rnatdi.

“Bukmekerlar va bukmekerlik shoxobchalarining tashqi reklamasi, ularni avtotransport vositalarida, ommaviy axborot vositalarida, kino, video va ma’lumotnoma xizmatlarida reklama qilish taqiqlanadi. Istisnolar: bukmekerlik idorasi yoki bukmekerlik do‘koni joylashgan joyda tashqi reklama; sport inshootlari ichida va sportchilar jihozlarida; ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalarida, sport mavzusiga yo‘naltirilgan reklama, shuningdek, mahalliy telekanallar tomonidan xalqaro sport musobaqalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishda”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, turarjoy binolari, yotoqxonalar, diniy binolar, madaniyat tashkilotlari binolari va inshootlari, shuningdek, ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash), shu jumladan, hududiy ob’ektlarda lotereya chiptalarini tarqatish va lotereya terminallarini o‘rnatish taqiqlandi.

“Yosh avlod salomatligini energetik ichimliklarni iste’mol qilish oqibatlaridan asrash maqsadida ularni 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish taqiqlanmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Oq o‘rda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda muntazam ravishda qimor o‘yinlarida qatnashib, pul tikuvchi 350 ming kishi bor. 2026 yilga kelib Qozog‘iston hukumati ularning sonini deyarli yarmiga qisqartirmoqchi, shu sababli qimor o‘yinlariga qaramlar davlat hisobidan bepul davolanish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya bilan ta’minlanadi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 80 million tengedan (166 ming dollar) ortiq mablag‘ ajratiladi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu