calendar 08 Jul 10:18
eye 128
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiya-Niderlandiya o‘yinidagi tartibsizliklarda 54 kishi hibsga olindi

image

Berlin huquq-tartibot idoralari 6 iyul kuni Turkiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final o‘yini oldidan, o‘yin vaqtida va bahsdan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar tufayli 54 kishini hibsga oldi. Bu haqda Berlin politsiyasi o‘z bayonotida ma’lum qildi.

“Ozodlikdan mahrum qilish yoki cheklash bo‘yicha 54 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, jumladan, tan jarohati yetkazish, hududga noqonuniy kirish, haqorat qilish, firibgarlik yo‘li bilan pul undirish va giyohvand moddalarga oid qonunbuzarliklar bo‘yicha ish ochildi”, deyiladi xabarda.

O‘yin boshlanishidan avval Berlin politsiyasi muxlislarning “kulrang bo‘ri”ning millatchilik ishorasini ko‘rsatishi tufayli turk muxlislari yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘yin vaqtida stadionda bir necha bor pirotexnika vositalari qo‘llanilgan, Brandenburg darvozasidagi fan zonada niderland va turk muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqan. O‘yindan so‘ng Braytshaydplatsda 50 kishilik guruh Turkiya va Falastinga oid shiorlar aytib, “kulrang bo‘ri” ishorasini ko‘rsatgan.

Ma’lumot uchun, Turkiya-Niderlandiya o‘yini 2:1 hisobida gollandlarning foydasiga hal bo‘ldi. Endi Niderlandiya Yevro-2024 yarim finalida Angliya bilan to‘qnash keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:29
 
18
0
xs.uz

Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempioni boʻldi

Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion ' gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun oktagonga koʻtarildi.Rossiya vakili Islom Maxachev vakant qilib qoldirgan titul uchun kechgan jang 5 raundga moʻljallangan edi, biroq Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi. U shu tariqa yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.

17 May 21:48
 
579
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda 26 ming AQSH dollar ishlab oldi

Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan klassik shaxmat boʻyicha nufuzli 'Superbet Chess Classic Romania 2025' xalqaro turniri yakunlandi. Aytish kerakki, 'Grand Chess Tour' tasnifiga kiruvchi mazkur musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Turnirda dunyoning kuchli grossmeysterlari qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qildi.Hamyurtimiz soʻnggi ' toʻqqizinchi turda amerikalik Uesli Soga qarshi oq donalarda harakat qildi va d

17 May 21:48
 
536
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat

17 May 21:48
 
533
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta