calendar 06 Jul 15:52
eye 118
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik tiladi.

"O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyulda Qozog‘istonning Olmaota viloyatida tug‘ilgan. U 1991 yildan 2019 yilgacha Qozog‘iston prezidenti bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyanni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabriklagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

08 Jun 02:26
 
40
0
xs.uz

8-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'Oʻzgidromet' 8-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 33-35html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

18 Jun 21:55
 
16
0
xs.uz

Obod mahallada obod koʻngil boʻladi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Bugun mamlakatimizda mahallalar qiyofasi yangilanib bormoqda. Koʻp qavatli uylar, koʻcha va yoʻlaklar taʼmirlanib, hududlar obodonlashtirilmoqda. Davlatimiz rahbari qaysi viloyatga tashrif buyurmasin, uyma-uy yurib har bir oilaning talab-istaklarini oʻrganish, muammosi boʻlsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ishchi joylar yaratish zarurligini taʼkidlamoqda. Bu yerdagi odamlarning ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi oʻzga

18 Jun 21:55
 
25
0
xs.uz

SamDU dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi

Samarqand davlat universiteti 2024-yilda Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib QS Stars reytingida 5 yulduzni qoʻlga kiritgan va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qoʻshilgan edi.​Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2025-yil natijalari eʼlon qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mazkur nufuzli reytingda dunyoning eng yaxshi TOP-600 oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy oldi.2024-yilda ushbu reytin