calendar 05 Jul 10:26
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda “Lukoyl”ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

image

“Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, mazkur holat oqibatida birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan. 

“Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.'Ichki ishlar or

24 Aug 17:26
 
24
0
xs.uz

Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 'Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar 'klaster' usulida joylashgan 'Mebel kompleksi' kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatla

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 7-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo