calendar 03 Jul 16:01
eye 110
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi (video)

image

Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.       

Bildirilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T. O‘. Farg‘ona viloyati Samandarak hududidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, qaytib chiqmagan.               

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 iyun kuni  O‘.T.ning murdasi tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani Zinasha mahallasidan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Bag‘dod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.

Ma’lumot uchun, marhum oilali bo‘lib, 2 nafar farzandning otasi bo‘lgan. Quruvchilik bilan shug‘ullangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda talaba “Bo‘rijar” kanalida cho‘kib, vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

13 May 14:37
 
53
0
xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

17 May 21:46
 
58
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan