calendar 02 Jul 14:22
eye 161
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkent hokimi deputat bo‘ldi

image

Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov deputat etib saylandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasida Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov  poytaxtda bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergan. Unda Yunusobod tumani “Turkiston-53” saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga poytaxt hokimi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Bo‘ronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Shavkat Umurzoqov shahar hokimi etib tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
11
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi

24 Aug 17:26
 
20
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta

03 Sep 21:35
 
23
0
xs.uz

Maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etiladi

Unga koʻra, 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi. Maktablarda huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquvchilar oʻrtasida 'Huquqshunos bilimdon' olimpiadasi va huquq fani oʻqituvchilari oʻrt