calendar 03 Sep 21:35
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etiladi

image
Unga koʻra, 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi. Maktablarda huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquvchilar oʻrtasida 'Huquqshunos bilimdon' olimpiadasi va huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida 'Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi' tanlovi oʻtkaziladi.

'Huquqiy sinf'ga 'Davlat va huquq asoslari' faniga qiziqqan 8-sinf oʻquvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrugʻi bilan oʻtkaziladi.

'Maktab ' litsey ' texnikum ' OTM' uzluksiz taʼlim tizimi boʻyicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (2-yillik oʻqish davrida har oʻquv yilining yakuniy baholari 'aʼlo' va 'yaxshi' boʻlgan) bitiruvchilar 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri (toʻlov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
4
0
xs.uz

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi

Joriy yilning 19-avgust kuni Prezident boshchiligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgandi.Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshir

20 Jul 20:09
 
89
0
xs.uz

Ispaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin

Ispaniyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan UNIVERSAE Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning UNIVERSAE universiteti institutsional aloqalar boʻyicha direktori Manuel Gazapo Lapayeze va mazkur oliy taʼlim muassasasining Madrid shahridagi boʻlinmasi direktori Said Xamed Vaxdat Axmadzoda bilan muzokara oʻtkazgan.Muzokara davomida Ispaniya vakillari UNIVERSAE faoliyatiga do

26 Jul 10:20
 
42
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

26 Jul 10:20
 
44
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao