calendar 01 Jul 20:23
eye 116
comments 0
comments Manba: postda.uz

KASBIM – MENING FAXRIM

image

– Jamshid aka, siz el e’tiboridagi suxandonlardan birisiz. Bu darajaga erishishning o‘zi bo‘lmagandir?

– Bilasizmi, kasbimga juda qiziqqanman. Jamiyatning bir bo‘lagi sifatida odamlarga yuzlanganimda, doimo katta mas’uliyatni his qilaman. Keyin esa ko‘nglimda sharaf hissi barq uradi. 

Faoliyatim qiziqarli taassurotlarga to‘la. Ko‘plab taniqli va mashhur odamlar bilan uchrasha­man, maroq bilan suhbatlasha­man. Kasbim esa jamiyatning muhim a’zosi bo‘lishimga yordam berdi. Doim o‘z ustimda ishlashga, intellektual salohiyatimni boyitishga, muntazam rivojlanib borishga harakat qilaman. 

 – O‘zi bu sohaga qiziqish qachon paydo bo‘lgan? Bolalikdagi oppoq orzular boismi yo keyinroq bu kasbni tanlaganmisiz?

– Yoshligimdan televizor tomosha qilib o‘tirganimda diktorlarning o‘ktam ovoz bilan tadbirlarni olib borishlari, davlat rahbarlari oldida viqor bilan so‘zlashlarini ko‘rib, ularga juda havas qilardim. Bu orzu menga hech tinchlik bermadi. Har bir bolaning qalbida iste’dod bulog‘i bo‘ladi. Mana shu buloq ko‘zlarini ochishda fidoyi ustozlarning xizmati beqiyosdir. Maktabda o‘qib yurganimda, darslarimiz tugasa ham, uyga ketmasdan, ona tili va adabiyot o‘qituvchimizning oldiga borib, shu kasbga oid savollarni berardim. O‘zim qiziqqan mavzularda mustaqil ishlar tayyorlab kelardim. Ustozimning tavsiyalariga doim amal qilardim. 

– O‘zbekiston televideniye­sidagi jamoadoshlaringiz, umuman, ijodiy muhit haqida ham gapirib bersangiz. 

– Tarixning buyuk kashfiyotlaridan biri – televizor Toshkentda yaratilganini bilasiz. Televideniye o‘z davrida millionlab insonlarni hayratga solgan, kuldirgan, yig‘latgan.

Yillar o‘tib, uning har bir yo‘nalishida ustoz-shogird an’anasi paydo bo‘ldi. Ra’no Jo‘rayeva, Nasiba Qambarova, Mirzohid Rahimov, Shuhrat Qayumov, Abdumo‘min O‘tbosarov, Mirzohid Rahimov, Dilorom Umarova, Galina Melnikovа kabi ustozlar shu soha fidoyilaridir.

Hozirda davlat miqyosidagi deyarli barcha tadbirlar, bayram dasturlari va konsertlar to‘g‘ridan to‘g‘ri nafaqat o‘zimizga, balki dunyo mamlakatlariga yuqori sifatda translyatsiya qilinmoqda. Keyingi yillarda «O‘zbekiston-24», «O‘zbekiston», «Toshkent», «Oilaviy», «Mahalla» telekanallarida «Axborot», «Tahlilnoma», «Yangiliklar», «Studiya-24», «Munosabat» kabi ijtimoiy-siyosiy mavzudagi o‘nlab dasturlar to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladigan bo‘ldi.

– Jurnalistikaning va jurnalistning jamiyatdagi o‘rnini qanday baholaysiz?

– Jurnalistika – go‘yo ensiklopediya. Siz har bir sohadan ozmi-ko‘pmi ma’lumotga, hech bo‘lmaganda tasavvurga ega bo‘lishingiz talab etiladi. So‘zdan so‘zni farqlash, so‘zni topib gapirish – bularning bari bilim. Jurnalistika davriylik bo‘yicha matbuot, radio, televideniye va internetdan iborat. Ularning orasida televideniye ham ko‘hnalashib borayotgan jurnalistikaning bir turiga aylandi. Televideniye – bu klassika. Hozirda internet jurnalistikasi ham albatta televideniyedan andaza oldi va rivojlanmoqda. 

– Sizning baxtiyor inson qiyofasida gavdalanishingiz kasb taqozosimi yoki asliyat?

– Bilasizmi, bu avvaliga kasb taqozosi bo‘ladi. Keyinchalik esa asliyatingizga singib, fazilatlaringizdan biriga aylanadi. Insonlar meni televizor orqali qanday ko‘rishgan bo‘lsa, hayotda ham shunday yurishga, baxtiyor, tetik qiyofada ko‘rinishga harakat qilaman. 

– Bir suhbatingizda eshitgandim, ishning ko‘pligidan, topshiriqlardan qo‘rqmasligingizni aytgansiz... Bu ishingizni chin dildan yaxshi ko‘rishingizdanmi yoki boshqalarga motivatsiya berish uchunmi?

– Ha, albatta, o‘z ishimdan zavq olaman. Hech kim ish bilan qo‘rqita olmaydi. 

– Davlat tadbirlarida, xalq xizmatlarida kimlar bilan ishlashni yoqtirasiz?

– Hamma bilan birga ishlayman. Shogirdlarimdan oliy maqomdagi jurnalist, boshlov­chilar Dildora Rustamova, Nilufar Sotiboldiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayevalar bilan birga ko‘plab tadbirlarni olib boramiz. Iloji bori­cha sahnalarda yonimdagi hamrohni tanlamaslikka harakat qilaman. Sababi, yoningizda doim bir inson bo‘lsa, uning so‘zlari yod bo‘lib ketadi. Hozir bu gapni gapiradi, keyin unday deydi, deb turasiz. Bunday vaqtda ishdan zavq olish hissi yo‘qolib qoladi. 

– Kimlarni o‘zingizga ustoz deb bilasiz? Shogirdlaringiz ham bormi?

– Ustozlarim benazir insonlar. Menga ustozlik qilgan va sahnadosh bo‘lganlar davrimizning eng yetuklari. Ularga doim chin qalbdan minnatdorlik bildiraman. Shogirdlarim hozirda respublikaning eng yetakchi davlat va xususiy telekanallarida faoliyat olib borishmoqda. Ular eng talab kuchli bo‘lgan jurnalist, suxandonlarga aylanishmoqda. Ularni doim kuzatib turaman va nafaqat sahnada, balki hayotda ham ko‘mak berishga intilaman. 

– Endi oilangiz haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz.

– Rafiqam Dilnoza Umirzoqova «Uzbekistan Fashion Week» asoschisi va rahbari. Mamlakatimizdagi yosh dizaynerlarning xorijdagi namoyishlariga katta dalda beruvchi yagona platforma «Anor» milliy modalar uyining dizayneri va rahbari sifatida faoliyat yuritadi. Uch qiz va bir o‘g‘ilning otasiman. Hozir ayolim tug‘uruqxonada. Yana bir o‘g‘il farzand kutyapmiz. Gazetada intervyu chop etilgunga qadar farzandim ham dunyoga keladi, nazarimda. 

– Sevimli mashg‘ulotingiz...

– Albatta, kitob o‘qiyman. Yaxshi filmlarni tomosha qilaman va undagi o‘zimga yoqqan kichik parchasiga uyimdagi kompyuter jihozlari orqali ovoz berishga harakat qilaman va uni hech qayerga tarqatmayman. 

– Ichki ishlar organlari faoliyati haqidagi fikr­laringiz o‘quvchilarimiz uchun qiziqarli...

– Tinchlik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi. Mana shunday go‘zal diyorda tinch va osuda, farovon hayot kechirishimizda ichki ishlar organlari xodimlarining munosib hissalari bor. Har qanday ob-havo sharoitiga qaramasdan, jamoatchilik to‘planadigan joylarda ichki ishlar xodimlari doimo xalq xizmatiga kamarbasta. Ularning fidoyilarcha xizmatini ko‘rib doim rahmat aytaman. Azizlar, xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida hech qachon tolmang, deyman! Zero, osoyishta go‘shada bola kulgusi yangraydi, ota-ona qalbi farzand kamolidan quvonchga to‘ladi. 


 Madina QAHHOROVA suhbatlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
23
0
xs.uz

Dollar va rubl kursi koʻtarildi, yevro esa tushdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 29-avgust kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 21,75 soʻmga oshdi va 12 673,94 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 17,53 soʻmga tushib, 14 113,70 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,24 soʻmga oshib, 138,65 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
11
0
postda.uz

Hushyorligi natijasida

Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxs

09 Oct 12:40
 
8
0
xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

TANQIDIY RUHDA O‘TDI

Viloyat IIBda “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy ruhdagi yig‘ilishda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'sul xodimi, podpolkovnik G‘.Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik O.Hasanov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Haydarovlar qatnashib, ishtirokchilarga mavzu doiras