Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxsning oʻzini beja tutayotganini payqaydi. Ushbu J.I. ismli kimsa xolislar ishtirokida tekshirilganida uning yonidan selofan paket ichida oʻtkir hidli, yashil rangli modda va tibbiyotda ishlatiladigan shpris borligi aniqlanadi. Holat yuzasidan tegishli hujjat rasmiylashtirilib, IIOFMB navbatchilik qismiga topshiriladi. Qahramonimiz 1994-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oilali bir nafar farzandi bor.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.
Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC
Qaysi hududda yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda? Statistika agentligi barchasini maʼlum qildi (+foto)
Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida 64 ming 553 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi. Bu yangi subyektlar hududlar boʻyicha turlicha taqsimlandi. Eng koʻp yangi korxonalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularning umumiy soni 12 ming 920 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Xorazm viloyatida ham faoliyati yangi boshlangan korxonalar soni yuqori boʻlib, jami 5 ming 791 ta korxona tashkil etilgan. Samarqand vilo