calendar 09 Oct 12:40
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million soʻm, 353 nafar yuridik shaxslarga 117 455 million soʻm kredit berilgan. Shuningdek, 2024-yil davomida 234 nafar jismoniy shaxslarga 6 747 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.



' Juvozxona mahallasida birinchilardan boʻlib mening xonadonimga quysh panellari oʻrnatildi. 25 million soʻmlik kredit evaziga oʻrnatilgan mazkur panellarning qulayligini birdan sezdim, ' deydi Payariq tumanidagi 14-maktab direktori Gʻulom Eshatov. ' Mahallamizda yaqinda elektr energiyasida uzilish boʻldi. Aynan quyosh paneli sabab xonadonimda chiroq oʻchmadi. Istaganda televizor tomosha qilamiz. Maishiy texnikalarni ishlatamiz.

Quyoshli kunlar koʻp yurtimizda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish juda samarali. Bugungi kunda tejamkor qurilmalardan foydalanib, uyini elektr bilan taʼminlashdan tashqari choʻntagiga daromad ham keltirayotganlar koʻp.



Past Dargʻom tumani Nayman mahallasida yashovchi Alisher Hamroyev oʻz xonadoniga quyosh batareyalari oʻrnatib daromad olayotganlardan biri. U ikki yildan buyon 15 KValik quyosh panellari orqali muzlatkich, 2 ta konditsioner, televizor, oʻnga yaqin tejamkor chiroqlardan foydalanib keladi.

' Uydan tashqari ustaxonamda ham turli qurilmalar ishlataman, ' deydi usta A.Hamroyev. ' Shu paytgacha elektr energiyasi uchun koʻp mablagʻ sarflardim. Hisoblagichimda puli tugab qolsa, asabim buzilardi. Quyosh panellari oʻrnatganimda ayrim tanishlarim 'uning foydasi yoʻq, muzlatkich va konditsionerni yoqishga kuchi yetmay tez ishdan chiqadi', deyishdi. Shunday boʻlsada, 28 dona panelni batareyasi bilan keltirib oʻrnatdik. Betoʻxtov ishlab turibdi. Ehtiyojdan ortgan elektr quvvatini sotib, daromad ham qilyapman.

Yaqinda Alisher Hamroyev uyiga quyosh nurlari bilan isitiladigan geliokollektor ham oʻrnatdi. Bu issiq suv muammosini hal etdi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazga boʻlgan talab yildan-yilga ortib borayotgan bugungi kunda tabiiy energiya manbalarini saqlab qolish, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish barcha uchun qulay.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
18
0
xs.uz

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qancha?

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.Maʼlum boʻlishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan.Hududlar orasida internet tarmogʻiga ulanganlar soni boʻyicha eng koʻp abonentlar soni Toshkent shahrida 6,3 million nafarni tashkil e

20 Sep 00:22
 
18
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi oshdi, rubl esa pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 3,08 soʻmga koʻtarildi va 12 732,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 25,08 soʻmga oshib, 14 181,53 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,35 soʻmga pastlab, 139,37 soʻmni tashkil qildi.

26 Aug 12:29
 
40
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

20 Sep 00:22
 
16
0
xs.uz

Toshkentda UzMedExpo 2024 tibbiyot ko‘rgazmasi ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ishini boshladi — Fotoreportaj

'UzMedExpo 2024' ko'rgazmasi 18-20 sentyabr kunlari 'O'zekspomarkaz'da bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada zamonaviy tibbiyot yutuqlari namoyish etiladi.Har yili 'UzMedExpo' ko'rgazmasi tibbiy texnologiya va asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot sanoatidagi innovatsion tovarlar va xizmatlarning so'nggi ishlanmalarini namoyish etish uchun maqsadli platforma hisoblanadi. 2024-yilda tadbirda O'zbekiston, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiya kompaniyalari ishtirok etmoq