calendar 30 Jun 14:15
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Iyul oyi qanday ob-havo bilan boshlanadi?

image

O‘zgidromet 1-3 iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 iyul kuni shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi hamda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 1 iyulda 28-33 daraja, 2 iyulda 30-35 daraja, 3 iyulda 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 iyulda 20-25 daraja, 2-3 iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1-2 iyulda 30-35 daraja, 3 iyulda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi-ba’zida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 20-25 daraja, 3 iyulda 18-23 daraja, kunduzi 1 va 3 iyulda 32-37 daraja, 2 iyulda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 1 iyulda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja, 2 iyulda kechasi 22-27 daraja, kunduzi 34-39 daraja, 3 iyulda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 1 iyulda 32-37 daraja, 2-3 iyulda 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 iyulda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2-3 iyulda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 iyulda 15-20 daraja, 3 iyulda 12-17 daraja, kunduzi 1 va 3 iyulda 23-28 daraja, 2 iyulda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qachon anomal issiq bo‘lishi haqida prognozlar ochiqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 13:54
 
58
0
qalampir.uz

20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan klasterlar aniqlandi

Paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan 20 mlrd so‘m asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi. Bildirilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida

26 Aug 12:29
 
9
0
xs.uz

Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJla

26 Aug 12:29
 
9
0
xs.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiya federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) oʻzining xorijiy hamkasbi ' Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan soʻrovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston mas

11 Jul 15:11
 
59
0
xs.uz

Qalami bilan eʼzoz topgan ijodkor

Toshpoʻlat Oʻrxun uzoq yillar viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, katta muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Xalq muammolari bilan bogʻliq yuzlab dolzarb mavzularda koʻrsatuvlar tayyorlagan. Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari vazifasida faoliyat koʻrsatib, samarqandlik yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.Uning 'Mujda', 'Kechikkan javzo', 'Surur' va 'Umr karvoni' nomli sheʼriy kitoblari, 'Bir kuni muxbirlarhtml5-dom-document-inte