calendar 12 Jul 13:54
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

20 mlrd so‘m asossiz daromad olgan klasterlar aniqlandi

image

Paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan 20 mlrd so‘m asossiz daromadlar olinganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarning sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilgan.

Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan tekshirishlar davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni: 

  • jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga mahsulotni qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish;

  • jadvallarni belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;

  • forvard shartnomasi bo‘yicha mahsulotni bir oydan kam bo‘lgan muddatda yuklab jo‘natish;

  • shartnomalarga asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotilish holatlari;

  • birja savdolarini o‘tkazish chog‘ida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu omillar oziq-ovqat va trikotaj mahsulotlarining narxlariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qilib,  ularning iste’mol bozorlarida narxi oshishiga olib kelishi mumkin.

“Yuqoridagilarga ko‘ra, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Respublika bo‘yicha umumiy hisobda  jami 20 mlrd so‘mga yaqin asossiz olingan daromadlar aniqlandi, mazkur holatlar bo‘yicha  O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bilan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan barcha klasterlarga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, javobgarliklar belgilash yuzasidan qaror va ko‘rsatmalar berildi va bu borada ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax viloyatidagi ayrim tuman hokimlarining qarorlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan va hujjatlar bekor qilingandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

10 Oct 10:49
 
11
0
xs.uz

Namangan teatri Janubiy Koreyada konsert berdi

Qudratilla Najmiddinov/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning bahorida Namanganda oʻtkazilgan 63-Xalqaro gullar festivaliga kelgan Janubiy Koreya Respublikasi sanʼat namoyondalari anjumanda oʻzining milliy badiiy dasturini namoyish qilgan edi. Ayni jarayonda gullar shahri va Buyeo-Gun viloyatlari oʻrtasida madaniyat sohasida hamkorlik oʻrnatish yuzasidan memorandum ham imzolangan. Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi oktyabr oyining birinchi haftasida Buyeo-Gunda ijodiy safarda boʻldi. Ham

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi

24 Aug 17:26
 
20
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta