calendar 11 Jul 15:11
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qalami bilan eʼzoz topgan ijodkor

image
Toshpoʻlat Oʻrxun uzoq yillar viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, katta muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Xalq muammolari bilan bogʻliq yuzlab dolzarb mavzularda koʻrsatuvlar tayyorlagan. Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari vazifasida faoliyat koʻrsatib, samarqandlik yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Uning 'Mujda', 'Kechikkan javzo', 'Surur' va 'Umr karvoni' nomli sheʼriy kitoblari, 'Bir kuni muxbirlarhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end' hangomalar toʻplami, 'Qalamni qadrlabhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end' essesi, 'Tanish chehralar' ocherk va intervyulari, 'Umr ziynati', 'Qahramonlar mangu yashaydi' nomli badiiy publitsistik hamda 'Tong yulduzi bolalari' nomli tarjima kitoblari chop etilgan.



' Toshpoʻlat aka bilan televideniyeda birga ijod qildik, ' deydi viloyat teleradiokompaniyasi direktori oʻrinbosari Dilmurod Ismatov. ' Jurnalist sifatida oʻsha davrlarda koʻplab yangi janrdagi eshittirish va koʻrsatuvlarga mualliflik qildi. Koʻplab shogirdlari ustozining izidan bormoqda.

Ijodiy uchrashuvda Toshpoʻlat Oʻrxunga matbuot va adabiyotga qoʻshgan hissasi uchun tashakkurnoma va sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, televideniye, 'Nuroniy' jamgʻarmasi shahar boʻlimi, tahririyatlar sovgʻalari taqdim etildi.

Tadbir davomida shoir ijodidan namunalar oʻqildi. Ijodkorning sheʼrlaridagi Vatan sarhadlari, uning goʻzalligi va fasllarning ifori qalban his etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 18:22
 
83
0
qalampir.uz

Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovga ko‘ra, voqea Shirin chorrahasida sodir bo‘lgan. Suv toshqiniga Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.  “Ayni damda esa ushbu muammo to‘la bartaraf etildi”,

11 Aug 03:43
 
28
0
xs.uz

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o'qib eshittirdi. Qutlovda so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga ayl

19 Jul 11:32
 
78
0
xs.uz

Andijonda II “Dunyo sadolari” sanʼat festivali boʻlib oʻtadi

' Festival doirasida oʻzbek va xorijiy estrada yulduzlarining konsert dasturlari tashkil etiladi, ' deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev. ' Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, rassomlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etiladi. Xalqaro festivalga 1,5 mln. nafar mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Ularning maroqli hordiq olishi uchun turli koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtadi. 8 ta sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha eʼtiborga molik manzill

19 Jul 19:06
 
72
0
xs.uz

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

2025-yil 1-yanvardan:2024-yil 1-oktyabrdan:Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.