calendar 28 Jun 19:30
eye 66
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari afv etilmadi 

image

Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Amnistiya komissiyasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari, sobiq bosh vazir Karim Masimovni afv etishni rad etdi. Bu haqda parlament deputati Abzal Kuspan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.

Avvalroq Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati Masimovni afv etish to‘g‘risidagi ariza tushganini tasdiqlagan edi. Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri 2024 yil mart oyida Prezident Qosim-Jomart To‘qayevdan afv so‘rab, xat yozgan, biroq bu haqda faqat iyun oyi boshida ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Masimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 218-moddasi 3-qismi 3-bandi (Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni va boshqa mol-mulkni legallashtirish ) va 366-modda 4-qismi (Pora olish, ayniqsa katta hajmdagi) bo‘yicha tergovga qadar tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

O‘tgan yilning aprel oyida Ostona sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish, hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Uning o‘rinbosarlari Anvar Sadiqulov, Daulet Ergojin va Marat Osipov ham jazo oldi.

2022 yil yanvar oyi boshida Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Karim Masimovning hibsga olingani haqida xabar bergan. Unga nisbatan jinoyat ishi “o‘ta maxfiy” toifasiga kirdi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Qozog‘istondagi yanvar voqealarining asosiy tashkilotchisi sifatida tan olingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur to‘polonlarda 238 nafar qozog‘istonlik qurbon bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
55
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

15 Apr 07:06
 
55
0
xs.uz

AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi

Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka

16 Apr 09:12
 
51
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil

15 Apr 07:06
 
67
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu