calendar 28 Jun 15:43
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kongo BRICS’ga qo‘shilmoqchi

image

Kongo Respublikasi BRICS tarkibiga qo‘shilish va bu boradagi aloqalarni rivojlantirishga qiziqmoqda. Bu haqda Kongo rahbari Deni Sassu-Ngesso RIA Novosti’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Shunday maqsadimiz bor. BRICS’ga allaqachon qator davlatlar qo‘shildi. Shaxsan o‘zim BRICS+ formati haqida ham eshitdim. Agar shunday imkon bo‘lsa, Kongo bunga doimo xayrixoh bo‘ladi”, deydi Prezident Sassu-Ngesso intervyuda.

Kongo Prezidenti 25 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgandi. Sassu-Ngesso Rossiya bilan aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish niyati borligini ham ma’lum qildi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Deni Sassu-Ngessoni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi. 

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov hozirgacha BRICS’ga a’zo bo‘lish uchun 30 dan ortiq arizalar kelib tushganini ma’lum qildi. U yaqinda Tailand va Malayziya ham o‘z arizalarini yuborganini qayd etib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS tarkibiga Turkiya ham qo‘shilmoqchi ekani xabar qilingandi.

Mavluda Satiyeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini

22 Jul 17:27
 
54
0
qalampir.uz

Rossiya Bosh prokurori Shimoliy Koreyaga bordi

Rossiya Bosh prokurori Igor Krasnov Pxenyanga bordi. Bu Rossiya Bosh prokurorining KXDRga ikki davlat nazorat organlari hamkorligi tarixidagi ilk tashrifidir. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi xabar berdi. Bildirilishicha, Rossiya delegatsiyasi rahbarini Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Markaziy prokuraturasi rahbariyati vakillari kutib olgan. Bir kun avval esa Rossiya Mudofaa vazirligining nazorat agentligi va Harbiy universiteti vakillari Pxenyanda Rossiya prokura

20 Jul 16:56
 
67
0
qalampir.uz

Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 19 iyul  kuni Drezdenda Germaniya sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbirida so‘z ochdi.  “Bu masala bo‘yicha ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tdi, oxirgi marta Shveysariyada ko‘plab mamlakatlar Ukraina  tinchlik sammiti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgandi. Men Ukraina Prezidenti Rossiyaning navbatdagi uchrashuvda ishtiro

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi