calendar 28 Jun 14:45
eye 131
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Muxlislarning nomaqbul harakatlari uchun Albaniya yana jarima to‘laydi

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Yevro-2024 guruh bosqichining Ispaniyaga (0:1) qarshi o‘yinida muxlislarning xatti-harakati uchun Albaniya futbol federatsiyasini jarimaga tortdi. Bu haqda federatsiya o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

UEFA Albaniya federatsiyasini 86,5 ming yevro jarimaga tortdi. Federatsiya muxlislar pirotexnika vositalaridan foydalangani uchun 8,5 ming yevro, axloqsiz qo‘shiqlar aytgani uchun 25 ming, maydonga har xil narsalarni uloqtirgani uchun 45 ming, muxlislarni maydonga tushganligi sababli 8 ming yevro jarima to‘laydi.

Shuningdek, UEFA Albaniyani Italiya (1:2) va Xorvatiya (2:2) bilan o‘yinlardan so‘ng muxlislari uchun jarimaga tortgandi. Italiya va Xorvatiya bilan o‘yindagi muxlislarning nomaqbul xatti-harakatlari uchun Albaniya tomoni UEFA'ga 170 ming yevro jarima to‘laydi. 

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024'ning 1-turidan keyin UEFA Albaniyaga qo‘shib, Serbiya  futbol ittifoqini ham jarimaga tortgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
25
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,

06 Mar 16:13
 
32
0
xs.uz

Krishtianu Ronalduning kumirlari kimlar ekanini bilasizmi?

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining 'An-Nassr' klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi kumirlari kim ekanini ochiqladi. Mashhur futbolchi oʻzining bolalik yillarida kimlarning oʻyinlarini kuzatgani va ulardan qanday ilhomlanganini aytib oʻtdi.Ronaldu braziliyalik afsonaviy futbolchilar ' Ronaldo Nazario va Ronaldinyoning oʻyinlaridan hayratlanganini bildirdi. 'Ular futbolda katta iz qoldirishgan. Men ulardan koʻra koʻproq individual sovrinlarni qoʻlga kiritgan boʻl

09 Mar 06:34
 
33
0
xs.uz

Bokschimiz Otabek Xolmatov bir yillik tanaffusdan soʻng ringga qaytmoqda

Yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq daʼvogar, oʻzbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatov ringga qaytmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.Unga koʻra, Xolmatov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ishtirok etadi. Unga oʻsha kuni filippinlik bokschi Jeyson Kanoy raqiblik qiladi.'Hamyurtimiz hozirda mazkur jang uchun AQSHning Kaliforniya shtati, Indio

09 Mar 06:34
 
24
0
xs.uz

Oksana Chusovitina – jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi (+video)

Ozarbayjonda oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz, 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor boʻldi.Bugun, 8-mart kuni Boku shahrida oʻtkazilgan final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yoʻnalishida 13.516 ball toʻplab, hammadan yuqori natija qayd etgan holda birinchilikni egalladi.Undan keyingi oʻrinlarda sloveniyalik Teya Belak 13,366 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 13,283 ball toʻplagan yana bir sloveniyalik gim