calendar 28 Jun 09:58
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonliklarni AQSHga olib kirgan transchegaraviy guruh ISHID bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda

image

O‘zbekistondan borgan migrantlarni AQSHga olib kirish bilan shug‘ullargan transchegaraviy guruh ISHID bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “NBC News” xabar berdi. 

Nashrning AQSH Ichki xavfsizlik departamenti bayonotiga asoslanib yozishicha, transchegaraviy guruh mamlakatga terrorchilarni emas, balki migrantlarni olib kirish bilan shug‘ullanganini bildirgan. U Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 400 ortiq fuqaroni AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan olib o‘tgan. Biroq ushbu guruhga aloqador boshqa bir jinoiy uyushma 2023 yilning yozida ISHID bilan aloqalari ortidan “qora ro‘yxat”ga tushgan. Bu esa aloqadorlarning ham gumondorlar ro‘yxatiga qo‘shilishiga olib kelgan.

Keltirilishicha, AQSHga olib o‘tilgan 400 dan ortiq migrantning ko‘pchiligi O‘zbekistondan bo‘lgan.  AQSHga olib kelingan ushbu muhojirlarning mamlakatda terrorchilikni amalga oshirish rejalari borligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo immigratsiya agentliklari ehtiyotkorlik bilan ularni hibsga olmoqchi. Ulardan 150 dan ortig‘i hibsga olingan bo‘lsada, 50 dan ortig‘ining qayerda ekani noma’lumligicha qolmoqda.

Shuningdek, AQSH hukumati so‘nggi oylarda Tojikiston, O‘zbekiston, Moldova, Qirg‘iziston, Gruziya va Rossiyadan kelgan muhojirlarni diqqat bilan o‘rganib chiqayotganini bildirgan. Bu mamlakatlardan kelgan minglab muhojirlarning AQSHda qolish yoki qolmasligini sud hal qiladi.

“AQSHda shu kungacha hibsga olingan yoki deportatsiya qilinganlarning ba’zilariga immigratsiya qoidalarini buzganlik yuzasidan ayblov qo‘yilgan. Biroq, hech kim shu paytga qadar terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmagan”, deya yozgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH ISHID safiga qo‘shilgan o‘zbekistonliklarga nisbatan sanksiya kiritgandi. Shuningdek, Prezident Jo Bayden Qo‘shma Shtatlarda qonuniy maqomga ega bo‘lmagan yuz minglab muhojirlarga potensial fuqarolikni taklif qilish bo‘yicha keng ko‘lamli saylov aksiyalarini o‘tkazishni buyurgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 15:17
 
15
0
xs.uz

Isroil mudofaa vaziri AQSHga safarini nega bekor qildi?

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant AQSHga tashrifini bekor qildi. Toʻxtatilgan sayohat Isroilning Eronning raketa hujumiga javob qaytarishiga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi. Vazir AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashishi kerak edi.Pentagon matbuot kotibi bu maʼlumotni tasdiqladi va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefonda gaplashmaguncha va Isroilning Eronga javobini maʼqullamaguniga qadar tashrif toʻxtatilgani haqidagi xabarlarga izo

03 Sep 21:35
 
28
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a