Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.
Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani aniqlangan. Jarrohlik yoʻli bilan chiqarib olingan oltin quymalarining umumiy ogʻirligi 9,2 kilogrammni tashkil etgan.
Ulardan olib qoʻyilgan oltin quymalarining jami ogʻirligi 18 kilogramm 500 grammni tashkil etib, qiymati 55 million turk lirasi (1,5 million dollar)ga baholanmoqda. Hozirgi kunda qoʻlga olinganlarning barchasi Izmir sudi tomonidan hibsga olingan.
Inson miyasida sirli kasallik aniqlandi. Shifokorlar va olimlar xavotirda
Kanadaning Nyu-Bransuik provinsiyasida nomaʼlum miya kasalligi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Kasalxonalar bemorlar oqimiga dosh bera olmaydi, deb xabar bermoqda rasmiylar.Viloyat rahbari Syuzan Xolt Kanada sogʻliqni saqlash agentligini qoʻrqinchli hodisani tekshirishga chaqirdi.'Biz odamlarning nima uchun kasallanayotganining sabablarini chuqur oʻrganishimiz kerak... Biz nafaqat uni qanday aniqlash, tashxis qoʻyish va davolashni bilmaymiz. Eng achinarlisi uning nima sababdan pay
Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul
Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi
Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan
Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr
Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir