calendar 27 Jun 10:36
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Japarov jiyanining dabdabali “Marry me” marosimi uchun xalqdan uzr so‘radi (video)

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani Lazzat Nurkojoyevaning unashtiruv marosimida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi vertolyotidan foydalanilgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda u “Kabar” agentligiga izoh berdi.

Gap shundaki, 24 iyun kuni Qirg‘izistondagi Oruu-Say darasida 23 yoshli Lazzat Nurkojoyevaning “Marry me” marosimi bo‘lib o‘tgan. Marosimdan olingan videoni Nurkojoyevaning o‘zi Instagram'dagi sahifasiga joylashtirgan. Videoda bo‘lajak kelin-kuyov daraga FVVga tegishli bo‘lgan vertolyotda uchib kelgani, u yerda hashamatli qilib bezatilgan platformaga ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi, ular Nurkojoyevani oilaviy aloqalaridan foydalanishda aybladi.

Qayd etish joizki, Qirg‘iziston FVV vertolyotlarni rasman ijaraga beradi. Vertolyotning bir soatlik ijara narxi – 185 ming som (2150 dollar atrofida). Prezident Japarov esa o‘z izohida vertolyotlarni ijaraga berishdan keladigan pullar byudjetga tushishini, bu pullar evaziga FVV vertolyot parki yangilanishini urg‘uladi. Shu bilan birga, u o‘z oilasi a’zolari pul sarflashda o‘zini tiyishi lozimligini qayd etib o‘tgan.

“Mamlakat rahbariyatiga yaqinlar boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Men isrofgarchilikka chek qo‘yish lozimligi haqida ko‘p takrorlayman. Hech bo‘lmaganda, bo‘lajak kuyov meni qo‘llab-quvvatlab, qo‘lni bunday so‘rashdan oldin o‘ylashi kerak edi. U tanqidga uchramaslikka, Prezidentni noqulay holatda qoldirmaslikka harakat qilishi kerak edi. O‘ylaymanki, u yoshlik qilgan. Agar u kelib, uning qo‘lini oddiygina so‘raganida ham uni rad qilishmasdi”, degan Japarov.

Shuningdek, Japarov yaqinlariga qattiq talablar qo‘yishi, ularni hamisha o‘tmishdagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka, davlat ishlariga aralashmaslikka chaqirishini ta’kidladi. 

“Men boshqalarni tanqid qilardim. Endi bu holat o‘zimga qaytib keldi. Jiyanim uchun xalqdan uzr so‘rayman. U odamlarning fikrini ham tinglaydi. Bu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga ishonaman. Qolaversa, u o‘zining yangi hayotini boshlab, oila qurmoqchi va kelajakda uning har bir harakati oqilona bo‘lishiga umid qilaman”, deydi Qirg‘iziston Prezidenti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't

16 Apr 09:12
 
27
0
xs.uz

Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi

AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif