calendar 26 Jun 17:23
eye 105
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kisida Markaziy Osiyoga keladi

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida avgust oyida Qozog‘istonga keladi. Bu haqda “Nippon” xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yoshimasa Xayashi bugun, 26 iyun kuni Bosh vazir Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari ishtirokidagi sammitda ishtirok etishini aytdi.

“Qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni saqlash va mustahkamlash uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik hozir har qachongidan ham muhimroqdir”, deydi Xayashi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2022 yil dekabr oyi boshida Tokioda mintaqa davlatlarining hokimiyat va biznes vakillari ishtirokida Markaziy Osiyo investitsiya forumi (Central Asia Investment Forum 2022) bo‘lib o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vazir Fumio Kisida bilan uchrashgan va joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-Yaponiya” cammiti munosabati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqindan ishlash haqida kelishib olgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 22:36
 
96
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an va Asad avgust oyida uchrashishi mumkin

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv  avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Turkiye” gazetasi xabar berdi. “Anqaradagi manbalar uchrashuv istalgan vaqtda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi varianti Iroq edi, biroq endi Anqara uchrashuvni Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi “Kas

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Putin Ukrainaning hujumini provokatsiyada ayblamoqda

Moskva janubi-gʻarbiy Kursk viloyatida yirik transchegaraviy hujumga qarshi kurashayotganini aytganidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani katta provokatsiyada aybladi. Aynan janubi-gʻarbiy mintaqada favqulodda holat eʼlon qilingan.Sogʻliqni saqlash vazirligi 7-avgust kuni 31 tinch fuqaro, jumladan, olti bola yaralanganini maʼlum qildi. Viloyat gubernatorining aytishicha, bir kun avval Ukraina qoʻshinlari tanklar va bronetexnika bilan chegarani buzib kirishi oqibatida besh k

26 Jul 10:21
 
32
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ

29 Jul 09:44
 
62
0
qalampir.uz

Xomanaiy Pezeshkiyonga prezidentlik mandatini topshirdi (video)

Eron Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 28 iyul kuni turli rasmiylar va arboblar ishtirokidagi marosimda Mas’ud Pezeshkiyonga prezidentlikning rasmiy mandatini topshirdi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi. Tanfiz deb nomlangan marosim chog‘ida Xomanaiy tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni Pezeshkiyonga topshirib, uni rasman qonuniy Prezident deb tan oldi. Xomanaiy idorasi rahbari Muhammad Golpayeganiy Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari tomonidan