calendar 25 Jun 11:29
eye 104
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qirg‘izistonliklarga Isroil va Livanga bormaslik tavsiya qilindi

image

Qirg‘iziston hukumati respublika fuqarolariga Livan va Isroilga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytiladi.

“Isroil-Livan chegarasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga ushbu davlatlarga sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.

Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Livandagi qirg‘izistonliklarga “vaziyat barqarorlashguncha o‘z xavfsizlik choralarini kuchaytirishni” tavsiya qildi.

Vazirlikning eslatishicha, favqulodda aloqalar uchun Qirg‘izistonning Quvayt va Turkiyadagi elchixonalarida ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, ular orqali Qirg‘iziston fuqarolari “kerak bo‘lsa, yordam yoki maslahat so‘rashlari mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil o‘z harbiylarining bir qismini shimolga – “Hizbulloh” harakati bilan zarbalar almashinadigan Livan bilan chegaraga “mudofaa maqsadida” o‘tkazishini ma’lum qilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir

03 Sep 21:35
 
30
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc

08 Sep 16:45
 
21
0
xs.uz

AQSH prezidentining oʻgʻli aybini tan oldi. U 17-yilga qamalishi mumkin

AQSH prezidenti Jo Baydenning oʻgʻli Xanter Bayden unga nisbatan soliq jinoyatlari boʻyicha barcha ayblovlar boʻyicha kelishuvga erishdi.'Xanter Bayden federal soliq ishida oʻziga qoʻyilgan barcha ayblarni tan oldi', ' deyiladi xabarda. Oq uy rahbarining oʻgʻliga hukm oʻqilishi 16-dekabrga belgilangan.Avvalroq, Jo Bayden haligacha oʻgʻlini avf etish niyatida emasligi maʼlum boʻlgandi. Oq uy, shuningdek, Xanter Baydenning aybini tan olish niyati tufayli uning jazosini yumshatish imko