AQSH prezidentining oʻgʻli aybini tan oldi. U 17-yilga qamalishi mumkin

'Xanter Bayden federal soliq ishida oʻziga qoʻyilgan barcha ayblarni tan oldi', ' deyiladi xabarda. Oq uy rahbarining oʻgʻliga hukm oʻqilishi 16-dekabrga belgilangan.
Avvalroq, Jo Bayden haligacha oʻgʻlini avf etish niyatida emasligi maʼlum boʻlgandi. Oq uy, shuningdek, Xanter Baydenning aybini tan olish niyati tufayli uning jazosini yumshatish imkoniyatini rad etgan.
2023-yilning dekabr oyi boshida prezidentning oʻgʻliga soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlik uchun toʻqqizta ayblov qoʻyilgandi. Ushbu ayblovlarga koʻra, 53 yoshli kichik Bayden 17-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi 'The Wall Street Journal' nashri.Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva
Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin
Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di
“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi
Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish
Mudofaa va ichki ishlar vazirlari qatnashgan choʻmilish tadbirida 7 kishi vafot etdi – Hindiston
Hindistonda millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishi oqibatida kamida 7 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda oʻtkazilayotgan 'Kumbh Mela' festivalida fojia yuz berdi, deb xabar bermoqda 'NBS News' nashri.Xabarda aytilishicha, 29-yanvar kuni festival ishtirokchilari choʻmilish tadbirini oʻtkazmoqchi boʻlishgan. Millionlab odamlarning bir vaqtda choʻmilishga urinishi oqibatida ommaviy tiqilinch yuzaga keldi. Natijada 7 kishi vafot etib, oʻnga yaqin inson jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan