calendar 25 Jun 10:51
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryodagi katta savdo majmuasida yong‘in chiqdi

image

Bugun, 25 iyun kuni Surxondaryo viloyatidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tungi soat 02:12 da Denov tumani Bobur mahallasida joylashgan savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan. 

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan. Natijada majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. 

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqqani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

13 May 14:37
 
144
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka

01 Jul 04:28
 
2
0
xs.uz

Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi

Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar'mukofotlangan edi.Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:'Yoshlik

01 Jul 04:28
 
2
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun ' Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvda nutq so'zladi. O'zbekiston yoshlarini ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O'tgan yili yurtimiz yoshlari 'TOP-500'talik oliygohlarga kirish bo'yicha Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi 'TOP-10', 500 nafari 'TOP-100' va 1 ming 500 nafari