calendar 24 Jun 16:54
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Japarov Belgiyada Sharl Mishel bilan uchrashadi

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 24-26 iyun kunlari Belgiyaga boradi va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan uchrashadi. Bu haqda Bishkekda jurnalistlarga Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimboqiyev ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 24-26 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Belgiya Qirolligida bo‘ladi. 25 iyun kuni davlat rahbari Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashadi. Shu kuni Sadir Japarovning Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralar chog‘ida “Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi va Belgiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari” muhokama qilinadi.

“Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda”, deb ta’kidladi Azimboqiyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
25
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

21 Apr 08:34
 
813
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

21 Apr 08:34
 
807
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

12 Apr 21:15
 
70
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.