calendar 23 Jun 17:28
eye 127
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Poraxo‘rlikka qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi

image

2025 yil 1 yanvardan  aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi joriy etiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada "Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Qarori imzolandi.

Agentlik:

— o‘qitilishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik o‘qitish reja-grafigini tasdiqlaydi;

— o‘quv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi;

— yangi o‘quv modullarini joriy etish bo‘yicha Akademiyaga takliflar kiritadi;

— o‘quv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;

— Akademiya bilan birgalikda har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi.

Virtual akademiyada o‘qitish quyidagi kontingent uchun olib boriladi:

  • aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
  • ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
  • davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
  • davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.

Virtual akademiyada o‘qitish bazaviy  (barcha foydalanuvchilar uchun bepul) hamda maxsus o‘quv kurslari (to‘lov-shartnoma asosida) bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. 

Davlat xizmatchilariga maxsus o‘quv kurslarida malaka oshirish majburiy hisoblanadi, bunda:

— ishga qabul qilinganidan so‘ng uch oy ichida o‘quv kursidan o‘tadi;

— malaka oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi.

Bildirilishicha, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xizmatchilar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurash tashkilotining “Korrupsiyani aniqlash” indeksida dunyo mamlakatlaridagi korrupsiya darajasi e’lon qilinib, 2023 yilda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu reytingga kiritilgan 180 davlat orasida nechanchi o‘rinni qayd etgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:27
 
1
0
xs.uz

Fargʻonada “Malibu-2” kanalga tushib ketdi

'Katta Fargʻona' tushib ketgan avtomashina qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olindi, deb'xabar bermoqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.Qayd etilishicha, kecha, 29-iyun kuni soat 15:40 larda Fargʻona viloyati Rishton tumani 'Zohidon' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga 'Malibu-2' rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.Holat yuzasidan tuman FVBga xabar kelib tushgach, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib bor

01 Jul 04:28
 
0
0
xs.uz

Xalqaro kongress markazida davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-iyundagi farmon va qaroriga muvofiq, yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida bir guruh ilg'or yigit-qizlar 'Kelajak bunyodkori' medali hamda 'Mard o'g'lon' davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.30-iyun ' Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo'ldi.Davlatimiz rahbari so'zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan ta

01 Jul 04:28
 
0
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun ' Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvda nutq so'zladi. O'zbekiston yoshlarini ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O'tgan yili yurtimiz yoshlari 'TOP-500'talik oliygohlarga kirish bo'yicha Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi 'TOP-10', 500 nafari 'TOP-100' va 1 ming 500 nafari

01 Jul 04:28
 
0
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat

Bugun mamlakatimizda Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbirlari Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida bo'lib o'tmoqda.O'zbekiston yoshlarini tabriklash va qo'llab-quvvatlash uchun bu yerga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi.Kongress markaziga kiraverishda yoshlarning turli sohalardagi loyihalari, kashfiyot va yutuqlari taqdimot qilindi. Masalan, 'Yosh innovatorlar' ko'rgazmasida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, uchuvchisiz qurilmalar namoyish eti