calendar 23 Jun 16:37
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda fuqaroga to‘pponcha bilan tahdid qilindi

image

Toshkent shahrida fuqaro tanishiga to‘pponcha bilan tahdid qilib, unga jarohat yetkazdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, holat joriy yilning 20 iyun tungi soat 00:30 da poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. Unda 1998 yilda tug‘ilgan Sh.B., 2001 yilda tug‘ilgan A.K., 1991 yilda tug‘ilgan O‘.Z. va 2002 yilda tug‘ilgan F.A. o‘zining tanishi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. bilan o‘zaro janjallashib ketgan va J.R.ni qo‘l bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq to‘qimalari lat yeyishi jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Biroq, holatni yashirish maqsadida J.R. tibbiyot xodimlariga o‘zi yiqilib tushganini bildirib, IIOga murojaat qilmagan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. protsessual tartibda ushlangan. Qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan to‘pponcha ko‘rinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

“Tergov davom etmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada Tiso o‘rindig‘i ostidan to‘pponcha chiqqani haqida xabar berilgandi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 16:55
 
71
0
xs.uz

Quvasoydagi 12 ming gektar yeri boʻlgan 616 ta fermerning yer soligʻi yarmiga kamaytiriladi

Fargʻonada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar koʻpaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar boʻyicha yigʻilishda'qayd etildi.Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatida energetika, neft-gaz va kimyo sohalarida 2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Jumladan, kuni kecha Beshariqda 500 megavattli, Oʻzbekiston tumanida 180 megavattli fotoelektr sta

26 Jul 10:20
 
51
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

15 Jul 12:03
 
87
0
qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan. Unda hukumat qarori bi

17 Jul 10:37
 
81
0
qalampir.uz

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi

Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi, ammo u yetkazilgan zararni uch karra miqdorda qoplanganligi sababli garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. Bildirilishicha, Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanishi oqibatida yodgorlikka 554,4 mln so‘