calendar 23 Jun 16:36
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bosh prokuratura otib ketilgan jurnalist bo‘yicha tergov boshladi

image

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Kiyevda qozog‘istonlik jurnalist Aydos Sodiqovga nisbatan uyushtirilgan suiqasd bo‘yicha tergov boshladi. Bu haqda nazorat organi matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi 18 iyun kuni Kiyevda sodir bo‘lgan Aydos Sodiqovni o‘ldirishga qaratilgan suiqasd bo‘yicha sudgacha tergovni boshladi”, deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, mazkur jinoyat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi shakllantirilib, jinoyatni fosh etish va gumonlanuvchilarni ushlash bo‘yicha zarur tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Kecha Qozog‘iston Bosh prokurori Ukraina Bosh prokuroriga ushbu jinoyatni ochishda qozog‘istonlik eng tajribali tergovchilarni jalb qilgan holda har tomonlama yordam berish taklifi bilan murojaat qildi”, deya qo‘shimcha qildi prokuratura.

18 iyun kuni Kiyevda qozog‘istonlik muxolifatchi jurnalist, "Base" YouTube va Telegram kanallari asoschisi Aydos Sodiqovga suiqasd uyushtirildi. Noma’lum shaxs to‘xtab turgan mashinaga yaqinlashib, Aydosga qarata o‘q uzgan. Bu mahalda mashina ichida jurnalistning rafiqasi bo‘lgan.

Ukraina Bosh prokuraturasi Qozog‘istonning ikki fuqarosi qotillikka suiqasdda gumon qilinayotgani haqida xabar berdi. Ular xalqaro qidiruvga berilgan.

Sodiqov rafiqasi Natalya bilan 2014 yildan buyon qochqin maqomiga ega bo‘lgan holda Ukrainada istiqomat qiladi. Qozog‘istonda ular 2023 yildan buyon ijtimoiy, milliy yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda ayblanib, qidiruvga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 19 iyun kuni bayonot berdi.

“Siz mening prinsipial pozitsiyamni bilasiz: mamlakatda qonun va tartib, boshqacha qilib aytganda, ushbu ikkita narsa hukmron bo‘lishi kerak. Jamiyatimizdagi barcha nizo va kelishmovchiliklar faqat  amaldagi qonunchilik asosida, asosiy xalqaro standartlarga muvofiq hal etilishi kerak. Aynan shu nuqtayi nazardan, kecha Kiyevda Qozog‘iston fuqarosi Aydos Sodiqovga nisbatan sodir etilgan jinoyatni jiddiy ko‘rib chiqishimiz zarur”, degan To‘qayev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
117
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

08 Jun 02:27
 
146
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

17 May 21:47
 
471
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

13 Jun 00:39
 
36
0
xs.uz

Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda

Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50