calendar 20 Jun 11:55
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bugun Toshkentning ayrim mahallalari “svet”siz qoladi

image

Bugun, 20 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalar sakkiz soat davomida elektr bilan ta’minlanmaydi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning “Alisherobod”, “Ijodkor”, “Geofizika”, “Geologlar”, “Sarbon”, “Temuriylar”, “Chingeldi” hamda “Iqtidor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr toki bo‘lmaydi.

Tashkilot iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish choralari ko‘rilayotganini bildirgan.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari ” MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi. O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyilgan xabarda.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
47
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

17 May 21:46
 
307
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

04 Jun 02:44
 
131
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv chogʻida elchining Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyati sarhisob qilinib, uning soʻnggi toʻrt yil davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi alohida eʼtirof etildi.Muloqot davomida parlamentlararo h

17 May 21:46
 
65
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy