calendar 19 Jun 16:07
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Haj ziyorati chog‘ida 500 dan ortiq odam vafot etdi

image

Joriy yilning 14-19 iyun kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan “Haj-2024” ibodati vaqtida jazirama tufayli 500 dan ortiq ziyoratchi vafot etdi. Bu haqda arab diplomatlariga tayanib “Reuters" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning 323 nafari Misr fuqarolari, 60 nafardan ziyod ziyoratchi iordaniyalik bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, ularning barchasi kichik tiqilinch paytida issiqlik bilan bog‘liq sabablardan vafot etgan.

“Ro‘yxatga olinmagan ziyoratchilar Misr ziyorat lagerlarida katta tartibsizliklarni keltirib chiqardi”, deydi Misrdagi Haj missiyasini nazorat qiluvchi rasmiy. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uzoq vaqt davomida oziq-ovqat, suv va konditsionersiz qolgan.

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 16 iyun kuni 2764 ziyoratchi issiq urishidan aziyat chekkan.

Ma’lumot uchun, AccuWeather ob-havo monitoringi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 17 iyun kuni Makkada havo harorati 45 darajaga yetib, shu kunda Saudiya Arabistonidagi eng katta masjidda +52 qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 21:24
 
98
0
xs.uz

Gʻazo maktablarining bombardimoni, migrantlarning odob kitobi va qariya Bayden (+video)

Hushtak chalma, baqirma, qoʻy soʻyma. Rossiya markaziy osiyolik migrantlar uchun dastur ishlab chiqdiRossiya Millatlar ishlari boʻyicha federal agentligi Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari uchun moslashuv kursi ishlab chiqdi. Ushbu loyihani 'Kommersant' nashri oʻrganib chiqqan. Maʼlum boʻlishicha, kurs 70 daqiqalik maʼruza boʻlib, bu vaqt ichida Rossiya Federatsiyasining migratsiya va mehnat qonunchiligi haqida kerakli maʼlumotlarni oʻrganishi kerak boʻladi.Shuningdek, qoʻll

20 Jul 14:40
 
55
0
xs.uz

Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan

AQSHning sobiq prezidenti, boʻlajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 'Truth' ijtimoiy tarmogʻida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati haqida maʼlum qildi.'Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatimiz juda yaxshi boʻldi. U meni Respublikachilarning milliy qurultoyi juda muvaffaqiyatli oʻtgani va Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod boʻlganim bilan tabrikladi', ' deyiladi postda.Trampning soʻzlariga koʻra, agar u saylovd

24 Aug 17:27
 
12
0
xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼm

21 Jul 16:27
 
69
0
xs.uz

Isroil Bosh vaziri Rafahga, milliy xavfsizlik vaziri esa Quddusga nima maqsadda bordi?

Isroilning oʻta oʻng qanot milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddusdagi muqaddas joy hisoblangan Al-Aqso masjidiga tashrif buyurdi.Ishgʻol qilingan Sharqiy Quddusdagi ushbu joy bilan bogʻliq keskinliklar Isroil ' Falastin toʻnashuvini yanada kuchaytirdi. Ben-Gvirning Al-Aqsoga tashrifi davom etayotgan urushning sulh bitimiga erishga qaratilgan muzokaralarni buzishga tahdid sifatida qaralmoqda.Falastin tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrifni Quddus tarkibidagi zaif status-kvoni xavf o