calendar 20 Jul 14:40
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgan

image
AQSHning sobiq prezidenti, boʻlajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp 'Truth' ijtimoiy tarmogʻida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati haqida maʼlum qildi.

'Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatimiz juda yaxshi boʻldi. U meni Respublikachilarning milliy qurultoyi juda muvaffaqiyatli oʻtgani va Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod boʻlganim bilan tabrikladi', ' deyiladi postda.

Trampning soʻzlariga koʻra, agar u saylovda gʻalaba qozonsa, 'tinchlikka erishadi va urushga barham beradi'.

Oʻz navbatida, Zelenskiy 'X' ijtimoiy tarmogʻida Tramp bilan tinchlik kelishuvining aniq qadamlarini muhokama qilish uchun boʻlajak shaxsiy uchrashuvga kelishib olganini yozdi.

Kuni kecha Respublikachilar partiyasining qurultoyida nutq soʻzlagan Tramp Oq uyga qaytib kelgach, uning soʻzlariga koʻra, Jo Baydenning hozirgi maʼmuriyati tomonidan yaratilgan dunyodagi barcha xalqaro shu jumladan, Ukrainadagi ham mojaroga chek qoʻyishiga vaʼda berdi.

Shu yilning 27-iyun kuni Tramp Jo Bayden bilan boʻlib oʻtgan saylovoldi teledebatida sobiq prezident bu mojaroga uning ehtimoliy qayta saylanishi va prezidentlik qasamyodini qabul qilishidan oldin ham yechim topishini taʼkidlagandi. Shu bilan birga, u agar Moskva AQSH prezidentini hurmat qilganida Ukraina inqirozi hech qachon roʻy bermasligini qayd etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 20:48
 
67
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld

26 Jul 10:19
 
107
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

19 Jul 21:42
 
71
0
qalampir.uz

BMT sudi Isroilning turar-joy siyosatini xalqaro huquqqa zid deb topdi

Xalqaro sud Isroilning turar-joy siyosati xalqaro qonunlarga zid deb topdi. Bu haqda sud raisi Navaf Salom Falastin hududlari masalasi bo‘yicha maslahat xulosasini e’lon qilayotganida so‘z ochdi. Sud majlisida sudya maslahat xulosasini chiqarish uchun sud zarur yurisdiksiyaga ega ekanligini ta’kidladi va shu bilan Isroil va boshqa bir qancha davlatlarning masaladan voz kechish haqidagi so‘rovlarini rad etdi. Salomning qayd etishicha, Isroilning aholi punktlari faoliyati kengaymoq

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch