calendar 19 Jul 21:42
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT sudi Isroilning turar-joy siyosatini xalqaro huquqqa zid deb topdi

image

Xalqaro sud Isroilning turar-joy siyosati xalqaro qonunlarga zid deb topdi. Bu haqda sud raisi Navaf Salom Falastin hududlari masalasi bo‘yicha maslahat xulosasini e’lon qilayotganida so‘z ochdi.

Sud majlisida sudya maslahat xulosasini chiqarish uchun sud zarur yurisdiksiyaga ega ekanligini ta’kidladi va shu bilan Isroil va boshqa bir qancha davlatlarning masaladan voz kechish haqidagi so‘rovlarini rad etdi.

Salomning qayd etishicha, Isroilning aholi punktlari faoliyati kengaymoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu siyosat, shuningdek, tabiiy resurslardan faol foydalanish "xalqaro huquqqa", shu jumladan Jeneva konvensiyasiga zid keladi.

Sud majlisi boshlanishidan oldin bir necha o‘nlab odamlar Falastin bayroqlari va Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi belgilar bilan sud oldida to‘planishdi.

“Isroilning siyosati va harakatlari yerga qaytarilmas ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan va noma’lum muddat davomida o‘z kuchida qoladi. Shunday qilib, sud bu siyosat va harakatlar bosib olingan Falastin hududining muhim qismini anneksiya qilish bilan teng deb topdi”.

Sud, shuningdek, Isroilning xatti-harakatlari falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzadi, deb hisoblaydi.

“Isroilning o‘nlab yillar davomida olib borgan siyosati va harakatlari oqibatida Falastin xalqi o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum bo‘ldi va bu siyosat va harakatlarning davom etishi kelajakda ushbu huquqdan foydalanishga putur yetkazadi. Shunga ko‘ra, sud Isroilni Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hurmat qilish majburiyatini buzayotganini aniqladi”, deydi sudya.

Shuningde, sud "Isroil bosib olingan Falastin hududlaridagi noqonuniy mavjudligini imkon qadar tezroq tugatish majburiyati bor", deb hisoblaydi.

“Isroil barcha yangi aholi punktlarini zudlik bilan to‘xtatishi va bosib olingan hududlardan barcha ko‘chmanchilarni evakuatsiya qilishi shart”, deysi sudya Salom.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Xalqaro Sudning Falastin hududlarida turar-joy qurish faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan xulosasini rad etdi.

“Yahudiy xalqi o‘z yurtini zabt etuvchi emas – na bizning abadiy poytaxtimiz Quddus, na Yahudiya va Samariyadagi ajdodlarimiz merosi (Isroilning G‘arbiy Sohil uchun atamasi). Gaagadagi hech qanday noto‘g‘ri qaror bu tarixiy haqiqatni buzib tashlamaydi. Vatanimiz bo‘ylab Isroil aholi punktlarining qonuniyligini shubha ostiga qo‘yib bo‘lmaydi”, deb yozdi u X’dagi sahifasida.

2022 yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro Suddan Isroilning bosib olingan Falastin hududlari, jumladan Sharqiy Quddusdagi siyosati va harakatlaridan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar bo‘yicha maslahat xulosasini chiqarishni so‘rab rezolyutsiya qabul qildi. Fevral oyida hokimiyat ushbu masala bo‘yicha eshituvlar o‘tkazdi. Bu borada jami 50 dan ortiq davlat va 3 ta xalqaro tashkilot o‘z pozitsiyalarini bildirgan. Xalqaro sudning fikrlari, qarorlardan farqli o‘laroq, majburiy emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar