Isroil Bosh vaziri Rafahga, milliy xavfsizlik vaziri esa Quddusga nima maqsadda bordi?

Ishgʻol qilingan Sharqiy Quddusdagi ushbu joy bilan bogʻliq keskinliklar Isroil ' Falastin toʻnashuvini yanada kuchaytirdi. Ben-Gvirning Al-Aqsoga tashrifi davom etayotgan urushning sulh bitimiga erishga qaratilgan muzokaralarni buzishga tahdid sifatida qaralmoqda.
Falastin tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrifni Quddus tarkibidagi zaif status-kvoni xavf ostiga qoʻyuvchi 'provokatsion yurish' sifatida qoraladi.
Masjid Al-Aqso majmuasida joylashgan boʻlib, musulmonlar uchun dunyodagi uchinchi muqaddas joy. Bu joyni yahudiylar ham hurmat qilib, Maʼbad togʻi deb atashadi. Status-kvoga koʻra, musulmon boʻlmaganlar hududga tashrif buyurishi mumkin, ammo namoz oʻqiy olmaydi. Biroq yahudiy tashrif buyuruvchilar borgan sari bu tartibni buzmoqda va falastinliklar buni provakatsiya deb bilishadi. Chunki Isroil muqaddas joyni egallab olmoqchi.
Ben-Gvirning soʻzlariga koʻra, u isroillik asirlarni qaytarish uchun ibodat qilish maqsadida borgan. HAMAS isroillik rasmiyning bu harakati uchun Islom Hamkorlik Tashkiloti va Arab Ligasini muqaddas joydagi bu kabi holatlarning oldini olish uchun chora koʻrishga chaqirdi.
Isroil hujumi davom etayotgan bir vaqtda, sulh toʻxtab qolgan. Isroillik muzokarachilar chorshanba kuni sulh boʻyicha muzokaralarni davom ettirish uchun Qohiraga yetib kelishgan. HAMAS yuqori martabali mulozimi Gʻazoga yoʻllanayotgan zarbalar uchun guruh muzokaralardan chiqib ketayotgani lekin bombardimonlar toʻxtasa, kelishuvga qaytishini bildirgan.
HAMASning siyosiy yetakchisi Ismoil Honiya Isroilni urushni tugatish niyati yoʻqligi va asirlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarni ataylab buzayotganlikda aybladi.
Falastin hukumati payshanba kuni Isroilning Gʻazo markazidagi harbiy hujumini amalga oshirish vaqtida 24 soat ichida 54 nafar falastinlik halok boʻlganini maʼlum qildi.
'Al Jazeera' jurnalisti Dayr al-Balahdan xabar berishicha, Isroilning anklav markazidagi shiddatli bombardimon kampaniyasi soʻnggi 10 kun ichida 500 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.
Shuningdek, Bosh vazir Binyamin Netanyahu Isroil askarlari Gʻazodagi hujumlarini amalga oshirayotgan bir vaqtda Rafahda yahudiy askarlari bilan uchrashgan. Netanyahu harbiy bosim va xavfsizlikni taʼminlash talabi birlashganini taʼkidlagan. Binyamin kelasi hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressida nutq soʻzlashi kutilmoqda.
“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?
'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat
Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax
Qurʼon kitobini yoqib eʼtirozlarga sabab boʻlgan shaxs ijtimoiy tarmoqdagi jonli efiri vaqtida otib ketildi
29-yanvar kuni tunda Shvetsiyaning Syodertelye shahri politsiyasiga hududdagi xonadonlardan birida oʻq uzilganligi yuzasidan favqulodda qoʻngʻiroq kelib tushgan. Bu haqida 'Blue News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borishgan hamda koʻp qavatli bino xonadonlarining biridan 38 yoshli erkakning jasadini topishgan.Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, oʻldirilgan shaxs muntazam Qurʼon kitobini yoqish bilan shugʻullangan Salvan Momika ekan
Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi
22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni 'Reuters' agentligi xabar berdi.'Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi', deyiladi xabarda.Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. '31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi,