calendar 14 Jun 19:46
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sardor Umurzoqov Haj ziyoratiga bordi

image

2023 yilning avgustidan buyon umuman Prezident Administratsiyasi tarkibida va Hukumatda ko‘rinish bermayotgan sobiq Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ayni vaqtda Haj amallarini bajarmoqda. Uning Makka shahrida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

U boshqa o‘zbekistonlik ziyoratchilar qatorida “Al Ayam Elite” mehmonxonasiga joylashgan va “Oddiy odamlar qatori Haj amalini bajargani keldim”, degan.

Umurzoqovni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi – muftiy Nuriddin Xoliqnazarov kutib olgani aytilmoqda. 

Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab yurgan kezlari – 2023 yilning iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Umra amallarini bajarishda hamrohlik qilgandi. 

2022 yilning 16 iyul kuni davlat rahbari farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan Umurzoqov 2023 yilning 17 avgust kuni ishdan olindi. U nima uchun bu lavozimdan chetlatilgani sabablari ochiqlanmadi, ammo uning ketishi ortidan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi ham tugatildi.

Umurzoqov esa ishsiz qolgani yo‘q. U shu kunning o‘zida Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Ammo u shundan keyin jamoatchilikka ko‘rinish bermadi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
88
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

08 Jun 02:26
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar doʻst Oʻzbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish n

17 May 21:46
 
64
0
xs.uz

Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman pro