calendar 08 Jun 15:16
eye 29
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda inspektor tungi xizmat vaqtida kaltaklandi

image

Xorazm milliy tabiat bog‘i inspektoriga xizmat vaqtida tan jarohati yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hududda 2024 yil bahorida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan 3000 tup gujum ko‘chatlari nobud bo‘lish holatiga kelib qolgan. Bunga milliy tabiat bog‘iga tutash hududda “Amudaryo oltin baliq” fermer xo‘jaligi tomonidan ajratilgan yer maydonidan tashqariga  chiqib, gujum ko‘chatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo‘lgan. Buning oqibatida gujum ko‘chatlari bir necha kundan buyon suv ostida qolib ketgan. Xorazm milliy tabiat bog‘i ma’muriyati tomonidan fermer xo‘jaligiga 1 kun muddatda suv chiqarib yuborilmasa, 3000 dan ziyod ko‘chat nobud bo‘lishi va bu ma’muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

"Ammo fermer xo‘jaligi rahbari A. O‘. bu ogohlantirishga parvo qilmasdan, 4 iyun kuni kechqurun soat tungi 00:00 lar atrofida bog‘ hududiga suv ochish maqsadida kirgan. Shu paytda uni inspektor payqab qolgan va huquqbuzarlikni bartaraf qilishga uringan. Lekin mast holatda bo‘lgan A.O‘. inspektorga qarshilik ko‘rsatgan va uni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, inspektor Yangibozor tuman tez tibbiy yordam muassasasiga yotqizilgan, ayni damda unga kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yangibozor tumani bo‘limiga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.

Ma’lumot uchun, “Amudaryo oltin baliq” fermer xo‘jaligi rahbari A. O‘. bundan oldin ham Xorazm milliy tabiat bog‘i hududida huquqbuzarlik sodir etgan va sud tomonidan tegishli jazoga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida noqonuniy daraxt kesgan shaxslarga 27 million so‘m miqdorida jarima solingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
32
0
xs.uz

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarni olib ketayotgan mashina YTHga uchradi

Qozogʻistonning Chimkent viloyatida oʻzbekistonliklar boʻlgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda 'Tengrinews' xabar bermoqda.Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Olmaota trassasining yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotgan qismida 'Opel Vectra' avtomobili 'Toyota Alphard'ga borib urilgan.Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok boʻlgan. Yana yetti kishi jabrlangan.Aniqlanishicha, jabrlanganlarning barchasi 'Toyota Alphard' salonida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, Qiz

20 Sep 00:21
 
18
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi — Fotoreportaj

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli bilan tanishdi. Shundan so'ng Samarqand shahridagi Kongress markazida Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols tantanali kutib olindi.Kongress markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning tor doirada va delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo'lib o'td

08 Sep 16:44
 
37
0
xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.Maʼlum boʻl

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq