calendar 07 Jun 10:44
eye 114
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi

image

Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari huzurida ko‘p qirrali sheriklikning ko‘plab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:

Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida bitim;
Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Axborot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Kadastr masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Huquqiy sohada malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.

Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

'Uzbekistan Airways' Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxiriga qadar toʻxtatdi. Bu haqida aviakompaniya oʻzining rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytari

15 Jun 10:46
 
20
0
xs.uz

Fuqarodan yolgʻondan qarzdorlik uchun pul undirmoqchi boʻlgan xodim qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Fargʻona suv taʼminoti' AJ Margʻilon shahar filiali abonentlar boʻlimi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan qarzdorligi boʻlmasa-da, aholiga

17 May 21:46
 
35
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido